I.Nyuton, A.Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta ’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z
navbatida o‘z etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablaming
majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq yetakchilar bo‘lishi
mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovasion mexanizmlar amal qiladi,
ulaming paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalami amaliyotga joriy qilishda shu
g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi
olimlaming fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan
amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu g‘oyani
himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir. Ilmiy maktabda
ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim
ahamiyatga ega. Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalami rivojlantirishga
yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maktablar
ilgari surilgan g‘oyalaming masshtabi, ulaming ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq
qiladi. Ilmiy maktablaming o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish
xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib borish metodi
shakllanadi.
Metod (yunon. metods -
usul) keng ta ’noda yo ’l,
ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod i yoki bu shaklda ta’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig ’indisi hamdir. U tamoyillar,
talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida
ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni
tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.