1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Fanning asosiy maqsadi
–xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini 
bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir 
ko‘rsatishdan iboratdir. 


Postulatlar
va 
aksiomalar
ilmiy bilishning boshlang‘ich holati hisoblanadi
ular tizimlashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning 
asosini tashkil qiladi. 
Ta’rif
ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U 
mavjud ob’yektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, 
shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning 
ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi. 
Ilmiy bilim
tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, 
jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’yektiv ichki 
bog‘liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va 
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi 
dalil materiallari yetarlicha bo‘lmasa, unda 
faraz
(gipoteza)dan foydalanadi. 
Faraz
ilmiy taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli 
ilmiy nazariya bo‘lishi uchun asoslanishi lozim. 
Faraz
o‘zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: 
-Dalilli materialning to‘planishi. 
-Farazning shakllanishi. 
-Amalda sinalishi va tasdiqlanishi. 
Shu tarzda faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Oddiy farazda ob’yektning fizik 
xossalari xaqida taxminlar qilinadi, keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi. 
Faraz ushbu xollarda asosli hisoblanadi: 
Bilish tamoyillariga zid bo‘lmasa. 
Avvaldan fanga ma’lum bo‘lgan qonunlarni e’tiborga olsa, ammo yangilarini 
ularga yaqinlashtirib qurmagan bo‘lsa. 
Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa. 
Uni tekshirish mumkin bo‘lsa. 
U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo‘lsa, (ya’ni o‘zida kerak 
bo‘lmagan elementlarni saqlamasa). 
Mantiqqa zid bo‘lmasa. 
Ma’lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari 
suriladi. Ayrim xolarda ularning ba’zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat 
hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli soxalar bo‘yicha tahlil 
qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga 
oshirish uchun zamin yaratadi. Ma’lumki ma’lum bir narsani isbotlab yoki inkor 
etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo‘qmi, bunga bog‘liq 
bo‘lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko‘rsatadi. To‘g‘ri bo‘lmagan 
faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi 
yo‘llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin