iqtisodiy kibernetika: iqtisodni tizimli tahlili, iqtisodiy axborot va boshqarish tizimini nazariyasi.
matematik statistika: tanlama metodi, dispersion tahlil, korrelyasion tahlil, regression tahlil, ko‘p o‘lchovli statistik tahlil , faktorli tahlil, indekslar nazariyasi va boshq.
ekonometriya (matematik tejash) iqtisodiy jarayonlarni sonli tomonlarini o‘rganadi ya‘ni: iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyalarini nazariyasi, tarmoqlararo
balans, talab va taklif tahlili, regional va global modellashtirish. Parametrlari matematik statistika vositalari bilan baholanadigan, omilli tahlilning iqtisodiy-matematik modellari -
ekonometrik modellar deyiladi.
optimal qaror (yechim)lar qabul qilish va operasiyalarni tekshirish: optimal (matematik) dasturlash; zanjirli rejalashtirish va boshqarish usullari; dasturli-maqsadli rejalashtirish va boshqarish usullari; zaxiralarni boshqarish nazariyasi va usullari va boshq.
Uz o‘rnida optimal (matematik) dasturlash-chiziqli dasturlash, chiziqli bo‘lmagan dasturlash:
dinamik dasturlash; diskret (butun sonli) dasturlash; chiziqli-kasrli dasturlash; parametrik dasturlash; stoxastik va geometrik dasturlashlarga bo‘linadi.
Qo‘yiladigan maqsadlarga ko‘ra iqtisodiy-matematik modellar nazariy-analitik (iqtisodiy jarayonlarni umumiy xususiyatlarni va qonuniyatlarini o‘rganadigan) va amaliy (aniq iqtisodiy jarayonlarga qo‘llaniladigan) xarakterdagi modellarga bo‘linadi.
Balansli modellar. Aniq yo‘naltirilganligi va qo‘llanishi bo‘yicha modellar: resurslarni mavjud bo‘lishi ulardan foydalanish (taqsimlash)ni ifodalaydigan modellar-balansli modellar deyiladi.
Trend modellari. Modellashtirilayotgan iqtisodiy jarayon tizimining rivojlanishini asosiy
ko‘rsatkichlari trend (длительную тенденция -uzoq tendensiyali) orqali ifodalanishida
qo‘llaniladigan modellar -trend modellari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |