Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangan. Ular bir-birlari bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladilar. Masalan, operatsion faoliyatdan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi.
Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi darajasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin.
Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar
kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas.
Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Omilli tahlil turlari
|
|
|
|
1. Determinatsiyalangan va stoxastik
|
2. To‘g‘ri va teskari
|
3. Bir darajali va ko‘p darajali
|
4. Statik va dinamik
|
5. Retrospektiv va istiqbolli (prognoz)
|
| |
Dostları ilə paylaş: |