1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə34/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

3.19-jadval

Zanjirli bog‘lanish usulining jami material xarajati o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda qo‘llanilishi




Ko‘rsatkichlar


Biznes-reja ma’lumotlari


Xaqiqatdagi ma’lumotlar


Farqi (+,)

1. Material miqdori, dona


30

32

+2

2. Bir dona materialning bahosi, ming so‘m

92,0

90,0

–2,0

3. Material xarajati, ming so‘m

2760,0

2880,0

+120,0

3.19-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada jami material xarajatlari rejaga nisbatan haqiqatda 120,0 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Ushbu natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga material miqdori hamda bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu ikki omil ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.

  1. Birinchi omilning o‘zgarish holati olinadi (32 dona), ikkinchi omil shartli o‘zgarmas deb qaralib (92,0 ming so‘m), u xolislantiriladi.


92,0·32=2944,0 ming so‘m.


Ushbu tartib bilan shartli material xarajati ko‘rsatkichi (2944,0 ming so‘m) hisoblab topildi.
Material xarajatlarining biznes-rejadan ortiq sarflanishiga:
  1. Material miqdorini me’yordan ortiqcha sarflanganining ta’siri: (92,0·32) – (92,0·30)= +184,0 ming so‘m


Material miqdorini me’yordan +2,0 (32–30) dona ko‘p sarflanishi +184,0 ming so‘mga xarajatni oshirgan.


  1. Bir dona materil bahosining o‘zgarishi ta’siri:


(90,0·32) – (92,0·32) = –64,0


Bir dona materil bahosining –2,0 (92,0–90,0) ming so‘mga o‘zgarishi – 64,0 ming so‘mga jami material xarajatini oshirgan.
  1. Ikkala omilning ta’siri:


+184,0 – 64,0 = 120,0 ming so‘mga teng.


Zanjirli bog‘lanish usulida faqat natijaviy ko‘rsatkichga faqat ikki omil ta’sir miqdori o‘rganilmaydi, balki uch va undan ko‘p bo‘lgan omillarning ta’siri ham hisob-kitob qilinadi. Ushbu hisob-kitob modelini 3.20-jadvalda ko‘rsa bo‘ladi.

Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin