1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə49/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Istiqbolli tahlil

Istiqbolli tahlil kelajakni mo‘ljallab o‘tkaziladigan tahlil hisoblanadi va u korxonaning kelgusi bir-ikki va hokazo uzoq yillarga mo‘ljallangan ish faoliyatini qanday tashkil etishni belgilash maqsadida amalga oshiriladi.

Istiqbolli tahlil joriy tahlilning natijalari va ma’lumotlariga asoslanib, korxonaning kelgusidagi faoliyatini bashoratlash va mo‘ljallash vazifasini bajarishga qaratilgan.
Bunga sabab globallashuv jarayonining kuchayishi, iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashuvi, modernizatsiyalash tadbirlarining eng muhim masala bo‘lib yuzaga chiqishi ishlab chiqarish subyektlarini iqtisodiy raqobatchilik muhitida yuqori foyda olish maqsadida rivojlanishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlilning xo‘jalik subyektlarini samarali
boshqarishdagi rolini yanada oshirishni taqozo qiladi.
Ushbu sharoitda zamonaviy iqtisodiy tahlil vazifalari takomillashib asosiy e’tibor boshqaruv hamda investitsiya qarorlarini asoslash, istiqbolli kapital qo‘yilmalar yo‘nalishlarini aniqlash va ularning maqsadga muvofiqligini baholashga o‘tishga qaratiladi.
Ayni paytda, iqtisodiy tahlil vositalari pul mablag‘larining nominal qiymati, noaniqlik va risk, inflyatsiya ta’siri kabi omillarni baholash imkonini beruvchi yangi usullar hisobiga takomillashmoqda.
Investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini asoslash zarurati diskontlangan pul oqimlari tahlilini rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratdi. Inflyatsiya jarayonining mavjudligi mamlakatimiz uchun yangi hisoblangan yo‘nalish – inflyatsiyaning pul oqimlari, moliyaviy natijalar, aktivlar va majburiyatlarga ta’sirini baholash imkonini beruvchi inflyatsiya tahlilini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Ishlab chiqarish xo‘jalik subyektlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni tashkil etish qo‘yilgan maqsadni optimal darajada amalga oshirish, tahlilning alohida turi sifatida uning boshqa turlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy tahlilning ushbu turi quyidagi asosiy bosqichlarga asoslanadi:

  • retrospektiv (joriy) tahlil qilish;


  • taxminlash asosida tahlil qilish;


  • istiqbolni baholash;


  • oqilona boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;


  • yangi taxminga asoslangan hisob-kitoblarni amalga oshirish;


  • xo‘jalik subyektlarini muhim iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berish va amaliyotga joriy etish borasida yetarlicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar berish.



Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin