1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə46/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Boshqaruv tahlili

Korxonani to‘g‘ri boshqarish belgilangan maqsadga erishishning ilmiy asoslangan yo‘lidir. Obyektlarda boshqaruv ta’sirini oshirish, uning samaradorligini ta’minlashda ko‘p turdagi vositalar bilan birgalikda iqtisodiy tahlil ham o‘zining o‘rni va ahamiyatiga ega. Xususan, hisob tizimida tahlil vositasida ma’lumotlar yig‘ilib, qayta ishlanadi hamda ularning foydaliligi oshirilib, qaror qabul qilish uchun ichki boshqaruvchilarga, menejerlarga, xodimlarga va boshqa shu kabilarga yetkazib beriladi. Boshqaruv subyektlari foydali ma’lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qilib faoliyatni davom ettiradilar. Shu tarzda boshqaruv funksiyasi o‘z ilmiy asosiga ega bo‘ladi. Chunki, tahlil ma’lumotlari asosida jarayonlar rejalashtiriladi, nazorat qilinadi, o‘zgartirishlar kiritiladi yoki muvofiqlashtiriladi, natijalar aniqlanadi va istiqbollar belgilab boriladi.

Boshqaruv tahlili – korxonada mablag‘lar va boshqa resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini, omillarini, imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi hamda qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos bo‘ladigan faktlarni beruvchi tahlil turidir.
Korxonada boshqaruv tahlili quyidagi obyektlarni qamrab oladi (5.1-chizma). Chizmadan ko‘rinib turibdiki, boshqaruv tahlilida o‘rganilishi zarur bo‘lgan obyektlarning ko‘pligi, o‘z navbatida, uni kompleks, tizimli va tezkor tavsifda
amalga oshirishni hamda turli mutaxassislar ishtirok etishini talab qiladi.

5.1-chizma. Xo‘jalik subyektlarida boshqaruv tahlilni tashkil etishning tizimli shakli.

Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarning yuqoridagi tartibda shakllanishi va tahlil qilinishi korxonadagi barcha boshqaruv obyektlarini kuzatish, o‘rganish hamda tezlik bilan ularga ta’sir etish imkoniyatini beradi.

Lekin boshqaruv tahlili kompleks, tizimli hamda tezkor tahlillardan amalga oshishi bilan jiddiy farq qiladi. Mazkur tahlil korxonadagi barcha obyektlarni faoliyat boshlanishidan oldin va u davom etishi bilan birgalikda uzluksiz olib boriladi. Ya’ni hisobot yilida boshlanib, xuddi shu yil tugashida nihoyasiga yetadi va shunday ko‘rinishda takrorlanaveradi.
Boshqaruv tahlilining kompleks tavsifi u korxonaning barcha obyektlarini qamrab olinishida namoyon bo‘ladi. Biroq kompleks tahlil yuzaga chiqishiga ko‘ra statik, boshqaruv tahlili esa dinamik tavsif kasb etadi. Shu bilan birga maqsad, vazifalariga ko‘ra ham ular bir-birlaridan jiddiy farq qiladi.
Tezkor tahlil esa maqsad, vazifalar, tahlil o‘tkazuvchi xodimlar, ma’lumot
manbalari, tahlil obyektlari va ularning keng ko‘lamda o‘rganilmasligi, vaqtning qisqaligi va shu kabilari bilan boshqaruv tahlilidan farqli tomonlariga ega.
Boshqaruv tahlilida tizimli tahlil kabi jarayonlar boshlanishidan tugashigacha, barcha omillar boshidan oxirigacha, muayyan ketma-ketlikda, sabab-natija ko‘rinishida, tizimli yondashuv asosida, keng ko‘lamda statik holatda o‘rganilmaydi. Balki, jarayonlar davomi bilan boshqaruv obyektlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy hamda eng muhim omillar tizimli o‘rganilib, ular o‘zaro muvofiqlashtirib boriladi.
Korxona iqtisodchilari, buxgalterlari hamda boshqa mutaxassis hamda xodimlari boshqaruv tahlilini amalga oshiradilar. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimizki, xo‘jalik subyektlarida rahbarlar va iqtisodchilarning ham o‘z ishlariga ijodiy yondashuvi iqtisodiy tahlilni samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Tahlil uchun ma’lumotlar juda ko‘p manbalardan olinadi. Misol uchun, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, ichki hisobot ma’lumotlari, statistik hisobot ma’lumotlari, tezkor hisob ma’lumotlari, bozor ma’lumotlari, rasmiy ma’lumotlar, ilmiy-texnik ma’lumotlar, istiqboldagi natijalarni ifodalovchi ma’lumotlar va shu kabilar.
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida korxonalar uchun raqobatdagi korxonalarning ma’lumotlari va ularga tegishli bo‘lgan axborotlar boshqaruv tahlilida o‘ta muhim ahamiyatga ega.


        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin