7.9-jadval
Ishlab chiqarilgan mahsulot xarajat sig‘imi ko‘rsatkichlari
Bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keluvchi
|
Aniqlanishi
|
Material xarajatlar
|
M aterial xarajatlar
M ahsulot hajmi
|
Ish haqi va ijtimoiy ajratmalar
|
I sh haqi va ajratmalar
M ahsulot hajmi
|
Amortizatsiya
|
Amortizatsiya
M ahsulot hajmi
|
Boshqa xarajatlar
|
Boshqa xarajatlar
M ahsulot hajmi
|
.10-jadval Rentabellik tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+; –)
|
A
|
B
|
D
|
E
|
F
|
1
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
|
125987
|
152485
|
+26498
|
2
|
Sotilgan mahsulot tannarxi
|
102574
|
135425
|
+32851
|
3
|
Sotishdan olingan foyda
|
23413
|
17060
|
-6353
|
4
|
Sof foyda
|
2589
|
3125
|
+5365
|
5
|
Asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati
|
5213
|
5632
|
+419
|
6
|
Aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik
qiymati
|
8752
|
9521
|
+769
|
7
|
Korxona mulki
|
15562
|
17892
|
+4330
|
8
|
O‘zlik mablag‘lari
|
8542
|
8965
|
+423
|
9
|
Qarz mablag‘lari
|
2546
|
3212
|
+670
|
10
|
Mahsulot rentabelligi
|
18,6
|
11,2
|
–7,4
|
11
|
Asosiy vositalar rentabelligi
|
49,6
|
55,4
|
+5,8
|
12
|
Aylanma mablag‘lar rentabelligi
|
29,6
|
32,8
|
+3,2
|
13
|
Ishlab chiqarish tannarxi rentabelligi
|
22,8
|
12,6
|
–10,2
|
14
|
O‘z mablag‘lari rentabelligi
|
30,3
|
34,8
|
+4,5
|
15
|
Jami mulkka nisbatan rentabellik
|
16,6
|
17,5
|
+0,9
|
16
|
Umumiy rentabellik
|
18,5
|
20,6
|
+2,1
|
17
|
Qarz mablag‘lari rentabelligi
|
101,7
|
97,2
|
–4,5
|
7.10-jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, korxonada rentabellik ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan bir qadar o‘sgan. Faqat mahsulot rentabelligi, ishlab chiqarish tannarxi va qarz mablag‘alariga nisbatan rentabellik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan pasayish kuzatilgan.
Asosiy vositalar rentabelligi 5,8 %ga, aylanma aktivlari rentabelligi (moddiy) 3,2 %ga, o‘z mablag‘lari rentabelligi 4,5 %ga, jami aktivlar rentabelligi 0,9 %ga, umumiy rentabellik 2,1 %ga o‘sgan.
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Misol uchun, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o‘zgarishiga sotishdan olingan yalpi foyda summasining o‘zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o‘zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof foydasining o‘zgarishi va asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi, umumiy rentabellikka bir so‘mlik tushumga to‘g‘ri keladigan sof foyda summasining o‘zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o‘zgarishi va moddiy aylanma mablag‘lar qaytimining o‘zgarishlari ta’sir qiladi va hokazo.
3. Korxona moliyaviy holati tahlili
Moliyaviy holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu boradagi tahlil moliyaviy hisobot hamda boshqa zarur manbalardagi ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi. Moliyaviy holat bir qator muhim ko‘rsatkichlar hamda hisob-kitoblar bilan o‘rganiladi. Ularning ayrimlarini tartib asosida ko‘rib chiqamiz.
Moliyaviy tahlilda korxona mulki, ularning manbasi chuqur o‘rganiladi. Chunki, korxonada mulklar va ularning manbalarining holati va o‘zgarishi moliyaviy holatning muhim jihati hisoblanadi. Quyidagi jadvalda korxona mulkining hajmi va tarkibi keltirilgan.
7.11-jadval Korxona mulkining tahlili
№
|
Mol-mulkning tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O‘zgarishi (+, –)
|
Ming so‘m
|
%
|
Ming so‘m
|
%
|
Ming so‘m
|
%
|
Yil boshiga nisbatan %
|
1.
|
Uzoq muddatli
aktivlar
|
251184
|
73,7
|
265548
|
71,7
|
14364
|
–2,0
|
5,7
|
2.
|
Joriy aktivlar
|
89545
|
26,3
|
104694
|
28,3
|
15149
|
2,0
|
16,9
|
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
A)
|
Tovar moddiy
zaxiralar
|
7946
|
2,3
|
12216
|
3,3
|
4270
|
1,0
|
53,7
|
B)
|
Pul mabag‘lari va
qimmatli qog‘ozlar
|
834
|
0,2
|
–
|
|
|
–0,2
|
0,0
|
D)
|
Debitorlar
|
80765
|
23,7
|
92478
|
25,0
|
11713
|
1,3
|
14,5
|
|
Balans aktivining
jami
|
340729
|
100
|
370242
|
100
|
29513
|
0,0
|
8,7
|
7.11-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalikning mol-mulki yil boshiga nisbatan 29513 ming so‘mga ko‘paygan. Bu yaxshi ko‘rsatkich, albatta. Bunda uzoq muddatli aktivlar 14364 ming so‘mga, joriy aktivlar esa 15149 ming so‘mga oshgan. Korxona ham ishlab chiqarishga sharoit yaratmoqda, ham mablag‘lar aylanishini oshirmoqda. Biroq debitor korxonaning qarzlari hamon yuqoriligicha qolmoqda. Umuman olganda xo‘jalikning mulki mavjud va u oshib bormoqda.
Shundan so‘ng balansning passiv qismi o‘rganiladi.
Balansning passiv qismida xo‘jalik mablag‘larining qoplash manbalari ko‘rsatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mablag‘larni to‘ldirish quyidagilardan iborat:
O‘zlik mablag‘larning manbalari.
Majburiyatlar.
Bozor iqtisodi talabidan kelib chiqqan holda xo‘jalikda qarz kam bo‘lgani ma’qul. Quyidagi jadvalda xo‘jalik mablag‘larining manbalari ko‘rsatilgan.
7.12-jadval Korxonada balans passivi tahlili
№
|
Mol-mulkning tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O‘zgarishi (+, –)
|
Ming so‘m
|
%
|
Ming so‘m
|
%
|
Ming so‘m
|
%
|
Yil boshiga nisbatan
%
|
1
|
O‘zlik mablag‘lari
manbalari
|
201291
|
59,1
|
234146
|
63,2
|
32855
|
4,2
|
16,3
|
2
|
Majburiyatlar
|
139438
|
40,9
|
136096
|
36,8
|
–3342
|
–4,2
|
–2,4
|
|
Shu jumladan:
|
|
0,0
|
|
0,0
|
0
|
0,0
|
|
A)
|
Uzoq muddatli kredit va
qarzlar
|
118815
|
34,9
|
113768
|
30,7
|
–5047
|
–4,1
|
–4,2
|
B)
|
Qisqa muddatli kredit va
qarzlar
|
7849
|
2,3
|
9945
|
2,7
|
2096
|
0,4
|
26,7
|
D)
|
Kreditorlik qarzlari
|
12774
|
3,7
|
12383
|
3,3
|
–391
|
–0,4
|
–3,1
|
|
Balans passivining jami
|
340729
|
100
|
370242
|
100,0
|
29513
|
0,0
|
8,7
|
7.12-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada mablag‘lar manbayi ham 29513 ming so‘mga ko‘paygan. O‘zlik mablag‘lari manbalari 32855 ming so‘mga keskin oshgan. Majburiyatlar esa – 3342 ming so‘mga kamaygan. Bu borada xo‘jalikdagi ahvol yaxshilangan. Bu esa moliyaviy holatni manbalar bo‘yicha yanada yaxshilanganini namoyon qiladi.
Uzoq muddatli kredit va qarzlar yil oxiriga kamaygan. Bu ham yaxshi holatlardan biri hisoblanadi.
Tahlilda zaxiralari va xarajatlarni har tomonlama o‘rganish o‘ta muhimdir.
Bunday mablag‘lar tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xomashyo va materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlovchi buyumlar, konstruksiya va detallar, ikkilamchi materiallar va o‘rnatilgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, parvarish va boquvdagi chorva mollari, urug‘, yem-xashak va boshqalar kiradi. Ular xo‘jalikning bir me’yorda ishlashi hamda mahsulot ishlab chiqarish va shartnoma bo‘yicha sotish rejasini ta’minlashga yetarli bo‘lishi lozim. Shuningdek, zaxira va xarajatlar tarkibiga o‘simlik va chorvachilik bo‘yicha tugal- lanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot va boshqalar ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ham o‘rganish va tahlil etish lozim bo‘ladi.
Shu bilan birga, moliyaviy holat tahlilida aylanma mablag‘larni qoplashga o‘zlik manbalarining yetarliligi yoki yetishmasliligini tahlili ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi jadvalda zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning yetarliligini aniqlash uslubi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |