7.13-jadval Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli manbalar bilan ta’minlanganlik tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Farqi (+; –)
|
A
|
B
|
D
|
E
|
F
|
1
|
O‘zlik mablag‘larning manbalari
|
201292
|
234146
|
32854
|
2
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
251184
|
265548
|
14364
|
3
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli o‘zlik
manbalari (1-2)
|
–49892
|
–31402
|
18490
|
4
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli uzoq
muddatli qarz mablag‘lari
|
118815
|
113768
|
–5047
|
5
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli uzlik va uzoq muddatli qarz mablag‘lari (3+4)
|
68923
|
82366
|
13443
|
6
|
Qisqa muddatli kredit va qarzlar
|
7849
|
9945
|
2096
|
7
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli o‘zlik va
uzoq muddatli qarz mablag‘lari (5+6)
|
76772
|
92311
|
15539
|
8
|
Zaxira va xarajatlarning jami
|
7946
|
12216
|
4270
|
9
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning yetarliligi yoki yetishmasligi (3-8)
|
–57838
|
–43618
|
14220
|
10
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik va uzoq muddatli qarz manbalarining yetarliligi yoki yetishmasligi (5-8)
|
60977
|
70150
|
9173
|
11
|
Zaxira va xarajatlarni qoplashga jami manba- larning yetarliligi yoki yetishmasligi (7-8)
|
68826
|
80095
|
11269
|
7.13-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalar yetarli emas, biroq yil oxirida bu borada sezilarsiz ijobiy o‘zgarish mavjud. Bu borada o‘zlik va qarz manbalarini, hamda jami manbalarning yetarliligi ta’minlangan. Hatto, ular o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan.
Demak, korxona o‘zlik manbalarini ko‘paytirish ustida chora-tadbirlarni belgilashi kerak. Bu bilan zaxira va xarajatlarni o‘z hisobidan moliyalashtira olish holatiga ega bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, tahlil obyekti bo‘yicha xo‘jalik me’yor darajasida barqarorlikka ega.
Korxonaning moliyaviy holatini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
Jami mablag‘dagi xo‘jalikning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushi:
Xo‘ jalikning o‘ ziga qarashli mablag‘ i
(O‘ z mablag‘ lari manbayi) .
Jami mablag‘ (balans jami)
Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, moliyaviy barqarorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Xo‘jalikdagi qarzga olingan mablag‘lar bilan o‘ziga qarashli mablag‘ o‘rtasidagi nisbat:
Qarzga olingan mablag‘ . O‘ ziga qarashli mablag‘
Ko‘rsatkichning pasayib borishi bu borada moliyaviy barqarorlik yaxshi- lanayotganligini bildiradi.
Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti:
U zoq muddatga olingan qarz mablag‘ i .
Xo‘ jalikning o‘ ziga + U zoq muddatga olingan
qarashli mablag‘ qarz mablag‘ i
Ushbu ko‘rsatkichning 0,5 dan 0,1 ga qarab pasayishi bu boradagi ijobiy holatni ifodalaydi.
Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larining chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti:
O‘ ziga qarashli aylanma mablag‘ .
O‘ ziga qarashli jami mablag‘
0,1 dan yuqori bo‘lishi ijobiy moliyaviy holatni aks ettiradi.
Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti (immobilizatsiya):
Asosiy vositalarning eskirish summasi .
Asosiy vositalar qiymati
Bu ko‘rsatkich 0,5 dan kichik bo‘lshi asosiy vositalarning yaroqliligini
ko‘rsatib beradi.
Xo‘jalikdagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti:
Aylanma mablag‘ lar .
Jami mulk
Mazkur ko‘rsatkich mablag‘larning aylanishdagi qismini ifodalaydi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish xo‘jalikning moliyaviy holatini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi. Agar ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ijobiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, demak, moliyaviy holat mustahkamlanib borayotganini bildiradi.
Shuningdek, moliyaviy holat tahlilida korxona mablag‘larining likvidlilik darajasi, uning to‘lov qobiliyati, aylanma mablag‘larning aylanishi, pul oqimlari, xususiy kapital, asosiy vositalar holatidagi o‘zgarishlar keng ko‘lamda o‘rganiladi.
Moliyaviy holat tahlili natijalari kompleks baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |