1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Asosiy savollar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix12.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#74162
1   2   3   4   5   6   7
Saydiraxmanova Iqtisod 2

Iqtisodiy kategoriyalar doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va 
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir. 
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab 
topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, 
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy 
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar 
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli 
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, 
albatta, ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy katkgoriya - 
ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini 
ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz, eng avvalo, bu 
tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, 
talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 
4-savol. Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot 
predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror 
topishi bilan ham bog‘liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, 
yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obektiv reallikni bilish 
dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. 
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib 


chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. SHuning uchun uslubiyat 
umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. 
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, 
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi. 
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy 
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va 
makonda o‘rganish. Bu erda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy 
hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir iqtisodiy 
jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, dastgoh, asbob-
uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda ikkinchi 
ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab 
chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga, 
qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi 
va h. k. 
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha 
rivojlanishida deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai deb yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar, 
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro 
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular 
doimo sifat hamda miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy 
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo 


bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini 
qo‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. 
Dialektik dunyoqarash - bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to 
hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki 
erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubning mohiyati o‘rganilayotgan 
jarayonning 
ichki 
ziddiyatlar 
tufayli 
o‘z-o‘zidan harakatda bo‘lishini 
tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan, iqtisodiyot 
nazariyasi faniga ham taalluqlidir. 
SHu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari 
harn mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning 
mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan 
foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin