Iqtisodiy kategoriyalar doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab
topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib,
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa,
albatta, ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy katkgoriya -
ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini
ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz, eng avvalo, bu
tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa,
talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
4-savol. Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot
predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror
topishi bilan ham bog‘liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi,
yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obektiv reallikni bilish
dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir.
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib
chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. SHuning uchun uslubiyat
umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda,
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va
makonda o‘rganish. Bu erda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy
hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir iqtisodiy
jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, dastgoh, asbob-
uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda ikkinchi
ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab
chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga,
qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi
va h. k.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha
rivojlanishida deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga
rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar,
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular
doimo sifat hamda miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo
bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini
qo‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi.
Dialektik dunyoqarash - bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to
hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki
erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubning mohiyati o‘rganilayotgan
jarayonning
ichki
ziddiyatlar
tufayli
o‘z-o‘zidan harakatda bo‘lishini
tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan, iqtisodiyot
nazariyasi faniga ham taalluqlidir.
SHu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari
harn mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning
mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan
foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |