Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga
qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon
harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama
yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yol
qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,
matemalik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Dostları ilə paylaş: |