1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Asosiy savollar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix12.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#74162
1   2   3   4   5   6   7
Saydiraxmanova Iqtisod 2

Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan 
ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan 
jarayonning asl 
mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu 
usul 
yordamida 
o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, 
uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Tahlil va sintez usuli. Tahlil - bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida 
qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez - bu o‘rganilgan 
qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab 
umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan 
o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini 
taqozo qiladi. CHunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. 
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan 
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum o‘rin egallaydi, 
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning 
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy 


islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega, iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish talab etiladi. 
Makroiqtisodoy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. 
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 
firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subektlarning xatti-harakati, xulqi 
tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va 
boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, 
talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin 
tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy 
iqtisodiyot faoliyatining to‘la tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, 
bahoning umumiy darajasi, inflyasiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi 
masalalari 
bu 
tahlil 
ob’ekti 
bolib 
hisoblanadi. 
Mikroiqtisodiyot 
va 
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin