2-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fani ijlimoiy fan bo‘lib, falsafa, sotsiologiya,
psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham
chambarchas bog‘liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham
manba bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining
o‘rnini bosa olmaydi, bu fanning o‘z vazifasi va predmeti bor.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy
qarashlarni o‘rganib, sintez qilishdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq
qilib, odamlarga nimani o‘rgatadi, degan savolning echimi juda murakkab bo‘lib,
bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil flkrlar bildirib
kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi
fan deb qaragan bo‘lsa, mefkanlilisllar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy
maktabi vakillari unga boylik to‘g‘risidagi, uning manbalari va ko‘paytirish
yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo‘jaligi,
ijtimoiy xo‘jalik to‘g‘risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot
nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni
boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot
nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi
hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator
darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’mallarni ishlab chiqarish
jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat,
deb ko‘rsatilgan edi.
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks»
darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu
fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish,
kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida
chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti
bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilmoqda.
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S.Tarasevich va
A.l.Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan
«Ratsional xo‘jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va
jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o‘sishning
omillari va qonuniyatlarini o‘rganadi», deb ko‘rsatilgan.
Akademiklar G.P.Juravleva va V.I.Vidyapinlar boslichiligida chiqarilgan
«Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikda professor A.l.Dobrininning
fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bolib, u
cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish
jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o‘rganadi», deyilgan.
Prof.
V.D.Kamaev
boshchiligidagi
mualliflar
tomonidan
yozilgan
«Iqtisodiyot nazariyasi» asoslari bo‘yicha darslikda iqtisodiyot fanining predmeti –
cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilaming xulq-
atvori va uni boshqarishni o‘rganishdan iborat deb ta’kidlanadi.
Prof. D.D.Moskvin boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan
«Iqtisodiyot nazariyasi asoslari» darsligida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
– ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan
o‘zaro ta’sirini o‘rganadi deyiladi.
Prof. E.F.Borisov o‘zining «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli kitobida fanning
predmetiga qisqagina – u iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi, deb aytib o‘tib
ketadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan bu barcha
fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda
ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni
o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va bozor
iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida asosan
kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti-
harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga
alohida e’tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham,
bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l
qo‘ymasligi lozim. CHunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari
orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. SHuning uchun mavjud
rksurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli
foydalanishga bo‘lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi
va bir-biriga ta’sirida o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat
yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan
aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayonida bir-birlari bilan, albalta, o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va
shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-atvorlarini, xalti-harakatlarini
belgilaydilar. Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki
tomonini qamrab olgan bolishi, ularni o‘rganishi lozim. Bundan tashqari, mazkur
munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining o‘zidagina emas, balki
takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, ayirboshlash (sotib
olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham
sodir bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmelini aniqlashda shu narsani
esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko‘pgina tomonlari aniq iqtisodiy
fanlar, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes,
iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar
tomonidan o‘rganiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit,
pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy
aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo‘jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o‘rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda mavjud
bo‘ladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot
nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni poydevori hisoblanadi,
ularga uslubiy, nazariy yo‘nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan
ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari,
tomonlari o‘rtasidagi aloqadorlikni va o‘zaro ta’sirni o‘rganadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti -
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish
maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni,
ijtimoiy
xo‘jalikni
samarali
yuritish
qonun-qoidalarini
o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-
sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan o‘zgaruvchanligini, ularni
ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o‘zgarib turishini,
ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lishini o‘rganadi. Bundan tashqari,
iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni
hamda mohiyatini o‘rganibgina qolmay, ularning o‘zaro aloqadorligini, bir-biriga
ta’sirini ham tahlil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi o‘rganishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri
cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo‘jalikni samarali
yuritish va boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari,
qonuniyatlari va yo‘llarini o‘rganish va ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bu esa
fanning predmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni
ham amaliy, ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining
to‘rt asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:
- bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham
fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa
moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi
fikrlarimizni kengaytiradi;
- amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. SHu maqsaddan kelib chiqib,
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha
xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;
- uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa
ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
- g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga
singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy
mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy
ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat
hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir.
SHundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi
shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni,
qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi
mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan
iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va
tarbiyaviy tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot
nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy
bilim esa, oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini
beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqeya va
hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Dostları ilə paylaş: |