1-Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Asosiy savollar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix12.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#74162
1   2   3   4   5   6   7
Saydiraxmanova Iqtisod 2

3-savol. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan 
iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. 
Boshqacha qilib aytganda, "Iqtisodiyot nazariyasi" fanining asosiy 
vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish 
mexanizimini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar iqtisodiy qonunlar bilan boshqarilsa-da, lekin ular alohida olingan bir 
iqtisodiy hodisada namoyon bo‘lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning o‘zaro 
ta’sirida ko‘rinadi, doimiy takrorlanib turadigan hukmron tamoyillar tarzida 
namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar 
obektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, 
u obektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. 
Iqtisodiy qonunlar obektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal 
qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish-
irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xususiyati va shart-sharoitga 


mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin 
iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan 
holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti-harakatlari, iqtisodiy 
xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. SHuning uchun 
insonlar iqtisodiy qonunlarning xususiyatini bilib, ularning, talablarini hisobga 
olib, ulardan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash 
qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, 
shunga binoan faoliyat qilsa, ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar sarfini tejash 
bilan birga o‘z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid
har qanday qaror va xatti-harakatlar kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar, 
muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga 
olib keladi. Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o‘xshab, uni bilib, o‘z 
faoliyatida foydalanilsa insoniyatga, katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini 
tan olmasdan, talablarini bilmasdan yoki mensimasdan ko‘r-ko‘rona xatti-harakat 
qilinsa, bu katta salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy 
qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, 
tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, 
tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib 
kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi. 
"Iqtisodiyot nazariyasi" fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi: 
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va 
boshqalar. 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar insoniyat jamiyati 
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif 
qonuni va qiymat qonuni. 


3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni. 
Umumiy iqtisodiy qonunlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlari sifatida, ularni 
belgilovchi boshqaruvchi qonunlar sifatida namoyon bo‘ladi va har bir tarixiy 
bosqichda ularning roli o‘zgarib boradi. Umumiy iqtisodiy qonunlar bilish, yaxlit 
va keng ma’noda iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini aniqlashda muhim 
ahamiyatga egadir. Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani 
iqtisodiy 
jarayonlarining 
alohida 
tomonlarini 
tavsiflaydigan 
iqtisodiy 
kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib 
beradi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin