1-mavzu.
Iqtisodiyotda
innovatsion
texnologiyalardan
samarali
foydalanish
1. Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati
2. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir
etuvchi omillar
3. Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari
1.1.. Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha.
Texnologiya - bu turli vositalarga ishlov berish va qayta ishlash uslublari
yigindisidir.
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash,
tashish, joylashtirish, saqlash, sotish va shu kabi operatsiyalarning o‘zi xam
texnologiya deb aytiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib
boradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasida uch asosiy
yo‘nalish kuzatiladi:
• davriy texnologiyalardan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayonlariga
asoslangan texnologiyalarga o‘tish;
• ishlab chiqarish tarkibiga ekologik toza chiqindisiz texnologiyalarni joriy
etish;
• biznesda ustuvor bo‘lgan fanga ko‘proq tayangan texnologiyalarni
rivojlantirish. Ishlab chiqarish jarayonida texnologiyani qo‘llashning natijasi
maxsulot
Xisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati oxirgi maxsuli bo‘lgan
maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq
ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar:
- moddiy (MM);
- energetik (EM);
- intellektual (IM).
Intellektual maxsulotga dizayn, konstruksiya, savdo markasi, nou-xau
tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi.
Texnologiyalarni zamonaviylashtirish va ulardan ijtimoiy ishlab chiqarishi
amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayon-larining
o‘zgarmas shartidir.
Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat
sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin.
Murakkab sitemaning xarakterli belgilari:
- jarayonlar modellarining murakkabligi;
- boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi;
- strukturaning ierarxiyaligi;
- qismlarning agregatligi;
- xolatlarning aniq emasligi;
- "shovqin", tusiqlarga sezgirlik.
Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida yoritiladi,
ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar),
ob’ektning tashqi va ichki muhitini bo‘lish chegaralarini belgilash, ob’ektning
holatini baholash mezonlarini aniqlash, elementlar klassifikatsiyasi va ularni
agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish.
Sistemali tahlil mantiq qoidalariga va sog‘lom fikrlashga asoslangan bo‘lib,
holatlarni miqdoriy baholash uslublarini qo‘llashga va turli vositalar bilan
(imitatsiya, matematik ifodalash, statistika, programmalashtirish) tahlil ob’ekti
reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan.
Ilg‘or texnologiyalar ilg‘or iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va foydalilik
mezoniga javob beradi. Boshqarish qarorlarini asoslab berish uchun tahlil jarayonini
alohida ob’ektga nisbatan ko‘rib chiqishadi. Bunda asosan quyidagilarga etibor
berish kerak:
a) boshqarish ob’ekti strukturasini tug‘ri aks ettiradigan elementlarni topish;
b) tizimning tanlangan strukturasida boshqarish jarayonining yakunlanganlik
talablarini ta’minlash, ya’ni jarayon dastlabki axborotni beruvchidan boshqaruvchi
ta’sirga kelishi va ob’ektning yangi xolatini baxolashi kerak.