1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1


Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari



Yüklə 182,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix04.02.2022
ölçüsü182,53 Kb.
#52102
1   2   3   4
1- мавзу

1.3.Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari 


 

1.  Texnologik  parametrlarga  bog‘liq  ravishda  innovatsiyalar  mahsulotli  va 

jarayonli 

innovatsiyalarga bo‘linadi. 

Mahsulotli  innovatsiya  deganda  yangi  xom  -  ashyo,  materiallar  va  yarim 

fabrikatlarni 

qo‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi. 

Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari 

(texnologik jarayon o‘zgarishlari) hisoblanadi. 

2.  Innovatsion  bozor  uchun  yangiligi  bo‘yicha  innovatsiyalar  quyidagilarga 

bo‘linadi: 

a) jahonda tarmoq uchun yangi; 

b) mamlakatda tarmoq uchun yangi; 

v) alohida korxona uchun yangi. 

3. Tizimdagi o‘rni bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: 

a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar; 

b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar; 

v) korxona strukturasi innovatsiyalari. 

4. Kiritiladigan o‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan: 

a) radikal (tubdan o‘zgartiradigan); 

b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan); 

v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan). 

5. Faoliyat sohasi bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: 

a) texnologik; 

b) ishlab chiqarish; 

v) iqtisodiy; 

g) savdo - sotiq; 

d) ijtimoiy; 

e) boshqarish. 

 

Innovatsion o‘zgarishlarni o‘ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi N.D. 



Kondratev tomonidan o‘tkazilgan. 

N.D.  Kondratev  xo‘jalik  kon’yunkturalarning  katta  sikli  nazariyasining 

muallifi. 

U sikllar ko‘pligi g‘oyasini asoslagan va davriy to‘lqinlar tebranishi modelini 

ishlab 

chiqqan: qisqa davrlar (3 - 3,5 yil), savdo - sanoat davri (o‘rta davr - 7 - 11 yil), 

katta 

davrlar (48 - 55 yil). 




N.D.  Kondratevning  baholashi  bo‘yicha  XVIII  asr  oxiridan  boshlab  katta 

sikllar 


davri quyidagicha bo‘lgan: 

1. Ko‘tarilish to‘lqini: oldingi asrning 80 yillari 

oxiri 90 yillarining boshidan to 1810-1817 yillargacha. 

2. Pasayish to‘lqini: 1810-1817 yillardan to 1844-1851 yillargacha. 

3. Ko‘tarilish to‘lqini: 1844-51 yillardan to 1870 - 75 yillargacha. 

4. Pasayish to‘lqini: 1870 - 75 yillardan to 1890 - 96 yillargacha. 

5. Ko‘tarilish to‘lqini: 1890-96 yillardan to 1914 - 20 yillargacha. 

6. Ehtimolli pasayish to‘lqini: 1920 yillardan. 

 

N.D. 


Kondratev 

aytishicha, 

innovatsiyalar 

xo‘jalik  kon’yukturasini 

pasayishdan ko‘tarilish tendensiyasiga to‘lqinli o‘zgarish bilan o‘tkazadi. 

U yangiliklar vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishini va guruhlar, klasterlar bilan 

namoyon  bo‘lishini  ko‘rsatdi  (klaster  -  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  guruhlar).  Bu 

klasterli  yondashish  deb  ataladi.  N.D.  Kondratevning  tavsiyalari  innovatsion 

strategiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. 

 

 



Yüklə 182,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin