1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1


 Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir



Yüklə 182,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.02.2022
ölçüsü182,53 Kb.
#52102
1   2   3   4
1- мавзу

1.2. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir 

etuvchi omillar  

Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining joni, uning mohiyati hisoblanadi. 

Tadbirkor  degan  sharafli  nomga  bozor  iqtisodiyotida  yangilik  izlashga  moyil, 

raqobatli kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biron tadbirni amalga oshirishga 

tayyor bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbari sazovor bo‘la oladi.  Bu tadbirkorga 

berilgan chiroyli nomgina emas, balki ma’naviy burch hamdir. Bu kuchli raqobat 

sharoitlarida  yashovchanlik  ehtiyojini  ta’minlash  uchun  hayotiy  zaruratdir. 

Innovatsionlik raqobat qonuni bo‘lib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bir xususiyati 

hisoblanadi. Usiz har qanday bozor tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. 

Turli  mulkchilik  shaklidagi  tadbirkorlarning  innovatsion  salohiyatini 

baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim: 

➢  mamlakat  iqtisodiyotida  kichik  va  o‘rta  innovatsion  tadbirkorlik  uchun 

infratuzilmani  rivojlantirish  (innovatsion-texnologik  markazlar,  inkubatorlar, 

texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.); 

➢  innovatsion  faoliyatni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  tadbirlarni  kuchaytirish 

(IITKI  joriy  xarajatlarini  soliqqa  tortiluvchi  bazadan  chiqarib  tashlash,  bunday 

xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob-uskunalarga 

tezlashgan  amortizatsiya  qo‘llash  va  b.),  byudjetdan  tashqari  moliyalashtirish 

manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan 

aloqa mexanizmlari); 

➢  innovatsiyalarni  boshqarish  uchun  menejer  kadrlar  tayyorlash,  mahalliy 

yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga 

etkazish; 

➢ 

tadbirkorlarni  innovatsiyalarning  riskli  yo‘liga  qadam  qo‘yishga 



undovchi stimullar; 

➢ 

tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish. 




Yüklə 182,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin