1-mavzu: iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni, uning natijalari



Yüklə 248,19 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü248,19 Kb.
#203723
  1   2   3   4   5
IQT.NAZARIYA TEST SAVOLLARI


1-MAVZU: IQTISODIYOTGA KIRISH. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI.


  1. … - bu ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishi

A) intensiv iqtisodiy o‘sish B) ekstensiv iqtisodiy o‘sish
C) iqtisodiy o‘sish omillari D) milliy boylik


  1. … - bu ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi

A) ekstensiv iqtisodiy o‘sish B) intensiv iqtisodiy o‘sish
C) iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari D) milliy boylik


  1. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasi qanday nomlanadi?

A) agrosanoat birlashmalari B) agrosanoat integrasiyasi
C) agrosanoat majmuasi D) agrosanoat kombinatlari


  1. Aylanma kapital – ...

A) bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
B) bir necha doiraviy aylanishlar davomida qisman iste’mol qilinadi, o‘zining iste’mol qiymatini ishlab chiqarish natijalariga bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotmaydi;
C) bir doiraviy aylanish davomida ma’lum bir qismi iste’mol qilinadi, o‘zining nafliligini ishlab chiqarish natijalariga qisman o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi;
D) bir necha doiraviy aylanishlar davomida bo‘lib-bo‘lib iste’mol qilinadi, o‘zining foydaliligini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotmaydi;


  1. Tovar ishlab chiqarish nimaga asoslanadi

A) mehnat taqsimoti, ishlab chiqaruvchilarning bir-biridan alohidalashuviga
B) mehnat unumdorligi va intensivligi
C) aholi daromadi va soliqlari
D) shaxsiy va moddiy-ashyoviy omillarga


  1. Tovar ishlab chiqarish degani…

A) ayriboshlash, bozor uchun, pul vositasida oldi-sotdi qilish uchun mahsulotishlab chiqarish
B) bozor uchun yaratilgan mahsulot
C) mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqilishi
D) mahsulotni barter asosida ayriboshlash jarayoni


  1. Nomoddiy ishlab chiqarishga quyidagilarning qay biri kiritilmaydi ?

A) sanoat, transport
B) moddiy-maishiy xizmat sohalari
C) tibbiy xizmat sohalari
D) maorif sohalari


  1. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning qaysi fazalarini o‘z ichiga oladi?

A) ishlab chiqarish taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol
B) ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari
C) tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar
D) xususiy va davlat sektorlari


  1. Bozor takror ishlab chiqarishning qaysi fazasini o‘z ichiga oladi?

A) ayirboshlash B) ishlab chiqarish C) taqsimlash D) iste’mol


  1. Davlat korxonalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

A) budjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar;
B) pul-kredit tashkilotlari; davlat taqsimot tashkilotlari; umumiy ishlab chiqarish kompaniyalari;
C) soliq-budjet tashkilotlari; xususiy xizmat ko‘rsatish korxonalari; resurslarni taqsimlash sohasidagi kompaniyalar;
D) ishlab chiqarish va iste’mol sohasidagi korxonalar; ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari; tovarlarni ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi kompaniyalar.


  1. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?

A) o‘zgaruvchi xarajatlar B) doimiy xarajatlar
C) ichki xarajatlar D) tashqi xarajatlar


  1. Ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar …

A) pirovard mahsulot B) hufyona mahsulot C) real mahsulot D) oraliq mahsulot

  1. Ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qati nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?

A) to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi B) ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
C) ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi D) vaqtbay-progressiv haq to‘lash tizimi


  1. Ishlab chiqarish omillari nima?

A) yer, kapital, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati B) yer, kapital, ishchi kuchi, iste’molchi
C) yer, kapital, ishchi kuchi D) yer, kapital, ishchi kuchi, Tovar


  1. Ishlab chiqarish vositalari bozori- bu ...

A) mehnat qurollari hamda xom-ashyo, yoqilg‘i va materiallarning oldi-sotdi bozori
B) daromad keltiruvchi aktsiya, obligatsiya, veksel, chek kabilar oldi-sotdi bozori
C) ishchi kuchini oldi-sotdi qilish bozori
D) aqliy mehnat mahsuli bo‘lmish tovarlar va xizmatlar oldi-sotdi bozori


  1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida band bo‘lganlar ishchi kuchi resurslarining qanday qismini tashkil qiladi?

A) potensial qismini B) nofaol qismini
C) faol qismini D) ular ishchi kuchi resurslari tarkibiga kirmaydi


  1. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli iqtisodiy o‘sishga erishiladi?

A) ekstensiv B) intensiv C) mukammal D) nomukammal


  1. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi qanday xarajatlarni tashkil qiladi?

A) umumiy xarajatlarni B) xususiy xarajatlarni C) obyektiv xarajatlarni D) subyektiv xarajatlarni


  1. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?

A) ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi
B) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi
C) ishlab chiqarish natijalari jonli mehnat sarflari bilan taqqoslanadi
D) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar bilan taqqoslanadi


  1. Huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish ishlab chiqarishning qaysi sohasiga kiradi?

A) nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga B) nomoddiy ishlab chiqarishga
C) moddiy ishlab chiqarishga D) moddiy xizmatlar ko‘rsatishga
2-MAVZU: IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI.

  1. Ijtimoiy – iqtisodiy tizim qanday izohlanadi?

A) Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi B) Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi jarayon
C) Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari D) Jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari


  1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi ?

A) fiziologik ehtiyoj B) moddiy ehtiyoj
C) sotsial-ma'naviy ehtiyoj D) mehnat ehtiyoji


  1. Hayotiy jarayonlar ichida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlang ?

A) ijtimoiy-iqtisodiy C) ma’naviy
B) madaniy D) siyosiy


  1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj bu...

A) insonlarning yashashi, mehnat qilish va iqtisodiy mavqye'ga ega bo‘lishi uchun iste'mol etilishi zarur tovarlar va xizmatlar yig‘indisi
B) ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan ehtiyoj
C) sotsial sohada yuzaga kelgan ehtiyojlar yg‘indisi
D) madaniy va ma'naviy ehtiyojlar yg‘indisi


  1. Ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda foyda olishga qaratilgan mulk mulkchilikning qanday shakliga kiradi?

A) Xususiy mulk B) Jamoa mulki C) Shaxsiy mulk D) Aralash mulk


  1. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida mulkchilik to‘g‘risida nima e’tirof etildi?

A) kichik xususiylashtirish
B) davlat mulkini xususiylashtirish
C) mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi
D) davlat mulkini auksionlarda kimoshdi savdosi orqali sotish


  1. Mulkchilik ob'ektiga quyidagilarning qaysi biri kiritilmaydi?

A) xududiy birlashmalar, xar xil tashkilotlar B) yer, suv, konlar
C) o‘simlik va xayvonot dunyosi D) mashinalar, uskunalar


  1. Mulkiy jihatdan qaraganda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni qanday toifalarga ajratish mumkin?

A) Monostrukturali tizim B) Aralash iqtisodiyot
C) Natural ishlab chiqarish D) Tovar ishlab chiqarish


  1. Mulkchilik sub'ektiga quyidagilardan qay birini kiritish mumkin emas ?

A) yer, suv, konlar B) ayrim kishilar, oilalar, aholining sotsial guruhlari
C) hududiy birlashmalar D) xar xil jamoalar, ijtimoiy, dikiy tashkilotlar


  1. Mulkchilik shakllariga quyidagilardan qaysisini kiritib bo‘lmaydi ?

A) davlat byudjeti B) xususiy mulk C) davlat mulki D) jamoa mulki


  1. Xususiy mulk nima ?

A) daromad topishga qaratilgan mulk B) oila a'zolarining mulki
C) diniy tashkilotlar mulki D) fuqarolar mulki


  1. O‘zbekistonda qaysi soha xususiy mulk bo‘la olmaydi ?

A) yer, yerosti, yerusti boyliklari B) sanoat korxonalari
C) xizmat ko‘satish sohasi korxonalari D) binolar, inshoatlar


  1. Davlat mulki turlariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi ?

A) korporativ-guruxiy mulk B) respublika ixtiyoridagi mulk
C) Qoraqalpog‘iston Respublikasi mulki D) ma'muriy-hududiy (kommunal) mulk


  1. Aralash mulk tarkibiga quyidagilapdan qaysi biri kiritiladi ?

A) chet-el fuqarolari, tashkilotlari mulki B) ijtimoiy tashkilotlar mulki
C) korporativ-guruxiy mulk D) mahalla mulki


  1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning maqsadi…

A) davlat tomonidan mulkka nisbatan yakka hokimlikni tugatish
B) raqobatchilik muhitini shakllantiri
C) mulkni demokratlashtirish
D) mulkni tarqatib yuborish


  1. O‘zbekistondan boshqa davlatlarda uchramaydigan mulk turi qaysi?

A) mahalla mulki B) diniy tashkilotlar mulki
C) oila mulki D) ijtimoiy tashkilotlar mulki


  1. Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz ?

A) mulkni o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabat
B) mulk moddiy boylik degani
C) mulk moddiy boyliklar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, zebi-ziynatlar
D) mulk biror shaxs yoki korxona, tashkilotlarga tegishli narsa


  1. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil qiladi?

A) xilma-xil mulk B) jamoa mulki C) aralash mulk D) davlat Mulki


  1. Davlat mulkini xususiylashtirish qanday tartibda o‘tkazilishi kerak?

A) maxsus dasturlar asosida davlatning qattiq nazorati ostida amalga oshirilishi kerak
B) davlat qisman ishtirok etishi kerak
C) davlat ishtirok etmoqligi kerak
D) xorijiy davlatlar kuzatuvchilari ishtirokida o‘tkazilishi kerak


  1. Tovarning hususiyati nimadan iborat ?

A) iste'mol qiymati va qiymat B) tovarda mujassamlashgan mehnat
C) tovarni ma'lum nisbatda ayirboshlash D) o‘zining iste'moli uchun tayyorlanmaydi

Yüklə 248,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin