Asosnoma tayanch so‘zlar



Yüklə 28,38 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü28,38 Kb.
#175842
  1   2   3   4   5
Asosnoma.

ASOSNOMA


Tayanch so‘zlar. budjet tashkilotlari, budjet xarajatlari, audit, buxgalteriya hisobi, qayta baholash, mulkka egalik qilish, kapital, budjet islohotlari, investitsiya
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan iqtisodiy islohotlarning jadal tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron bo’lgan davlat mulki o’rniga mulkchilikning nodavlat shakllari egallashi, o’z navbatida mulk egalariga ham erkinlik yaratib berdiki, mulk egalari mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish hamda tasarruf etish huquqiga ega bo’ldilar.
Tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yil 28 yanvardagi 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmoni, 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 824-son (2020 yil 31 dekabr) Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan. Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.
Asosiy vositalardan samarali foydalanishda ularni to‘g'ri hisobga olib borish hamda auditini takomillashtirish muhimdir. Korxona aktivlarini xususan asosiy vositalarni baholash, ular holati va tarkibini o‘rganish asosida aktivlarni boshqarish yuzasidan to‘g'ri va aniq qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu esa kapital harakatini uzluksizligi, doimiyligi, tez aylanuvchanligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishonchli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi. Budjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda moliyaviy strategiyani shakllantirish dastlabki o‘rin turadi. U davlat moliya tizimining istiqbolli maqsadlarini, uning joriy byudjet ehtiyojlari bilan, tashqi va ichki qarzlar miqdori, davlatning to‘lov qobiliyati bilan markaziy va mahalliy hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarini javobgarlik darajasi, mahalliy byudjet vakolatlarini ular ixtiyoridagi mavjud resurslar, daromadlar va imkoniyatlar bilan bog‘laydi. Mamlakatimizda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilganligi natijasida jamiyatda muayyan barqarorlik ta’minlanadi, mahalliy budjetlarda aholi daromadlari va ijtimoiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasida tafovutlar keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mahalliy byudjet xarajatlari bilan ekologik jihatdan og‘ir sharoit yuzaga kelgan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashuvining oldi olinadi. “Inqiroz avjga chiqqan davrda davlatlarning iqtisodiyotga keng miqyosda aralashuvi birinchi navbatda bank-moliya tizimi likvidligini qo‘llab quvvatlashga, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga, ishlab chiqarishga, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga kam e’tibor berilgani vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”. Bunday sharoitda mahalliy byudjetlar o‘rtasida byudjet munosabatlarini boshqarish va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish dolzarb hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma’ruzasida Byudjet jarayonlarida mahalliy budjetlarning ishtiroki, mahalliy boshqaruv organlari faoliyati, moliya va budjet siyosati masalalari, hududiy iqtisodiyot taraqqiyoti hamda mahalliy budjetlar xarajatlarini moliyalashtirishni hal etish dolzarb masalalaridir. Mahalliy budjetlarning daromadlar va xarajatlar tarkibi ma’lum o‘zgarishlarga duch keldi. Budjet xarajatlarini minimal xarajatlar bilan maksimal samaraga erishish, tasdiqlangan byudjet rejalari asosida mablag‘larni ishlatishning maqsadli xususiyati, byudjet mablag‘larini miqdori va mahalliy byudjetdan berilgan ajratmalardan foydalanishni hisobga olib borish kabi tamoyillar asosida moliyalashtiriladi. O‘zbekistonda budjet tizimini samarali boshqarish, g‘aznachilikda turli darajadagi mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini muvofiqlashtirish hozirgi sharoitda respublika va uning hududlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida asosiy e’tiborni byudjet jarayonlarini boshqarishni rivojlantirish, mahalliy budjetlar xarajatlarini rejalashtirishni yaxshilash, xorijiy tajribalar asosida respublikamizda budjet tizimini boshqarishning yangi uslubiyotini budjet amaliyotiga kiritish kabi muhim vazifalar aniqlangan. Hozirgi sharoitda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati, budjet jarayoni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlar dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 28,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin