1-mavzu: Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va natijalari reja


jadval Pitsa va robo’l ishlab chiqarish imkoniyatlari



Yüklə 283,17 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2023
ölçüsü283,17 Kb.
#188656
1   2   3   4   5   6
1-mavzu Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va nati

1.1 jadval
Pitsa va robo’l ishlab chiqarish imkoniyatlari

Mahsulot turlari

Ishlab chiqarish alternativlari

A

В

С

D

E

Pitsa ( yuz mingda )

0

1

2

3

4

Robo’llar ( mingda)

10

9

7

4

0

A ustunga siljib borilsa, jamiyat hozirgi iste’molidan voz kechishdi tanlaydi, bu tahlit, kapital mahsulotlarini ishlab chiqaruvini tezlatuvchi resurslarni yengillashtiradi. Shu yo’l bilan kapital zahirasini tuzib olgach, jamiyat keyinroq ko’proq mahsulot ishlab chiqaradi, shuning uchun, buning natijasida kelasida ko’proq iste’mol ko’rsatkichiga erishiladi. A ustunga siljib borish orqali, jamiyat keyinchalik kamroq ishlab chiqarish evaziga hozir ko’proq ishlab chiqarishni tanlaydi.
Umumiylashtirish: Xohlagan vaqt oralig’ida, o’z resurslaridan to’liq foydalanayo’ligan iqisodiyo’li bir mahsulot ishlab chiqarish evaziga boshqa birini qurbon qiladi. Chunki resurslarning tanqisligi har ikkala mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklaydi. Jamiyat alternativlardan birini tanlashga majbur bo’ladi. Sababi, hech qayerda bepul pitsa yoki bepul sanoat robo’l lari bo’lmaydi2.

Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi


Iqtisodiy jarayon sirlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham mavjud bo’lgan. Iqtisodiyo’tga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko'ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo muttafakkirlari asarlarida ham uchraydi.
Masalan, ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, Hadislami, Qobusnomani, bobokalonlarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek asarlarida insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, shuning uchun ularni yaratish maqsadida mehnat qilish lozimligi boz-boz uqtirilgan.
Ular tomonidan inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan iste’molbuvumlarning barchasini shaxsan o‘zi yaratolmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo‘lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini qayd qilingan.
Ayni vaqtda mazkur manbalarda doimo xo‘jaliklaming barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromadi bilan xarajatlari muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, pulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
Aristotel birinchi bo'lib bir qator iqtisodiy kategoriyalami asoslab, ularning o’zaro boglikligini ko‘rsatadi. U tovarning ikki tomonini (xususiyatini) ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o'zining qarashlarini bayon qiladi.
Qadimgi dunyo olimlari iqtisodiy otni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsa ham, u davrda iqtisodiy fan ilmiy bilimning alohida sohasi sifatida shakllanmagan.
Iqtisodiy hayo’li sirlarini bilish va shu yo’idagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo'naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332- 1406) ning iqtisodiyo’t bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab melmatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo'shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda melmatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan3
«Kapital» kategoriyasiga yondashuvlaming dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning asarlarida ko‘rish mumkin. U hayo’lining to‘qqizta omili: er, havo, olov, insonning asab tizimi, «hayo’li sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy faoliyatni ajratib ko‘rsatgan. Bu o‘rinda ham iqtisodiy ham jismoniyham ruhiy ham aliloqiy tavsillar ajoyib tarzda birlashtirilgan.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g'oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsiilotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyoj lariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy qatlamlarini o’rgandi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayo’ligan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktal’i» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyo’tni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayo’tiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan edilar.



Yüklə 283,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin