Axborotga bo'lgan ehtiyoj(angl. Information needs) - bu amalda topshiriqni bajarish uchun ma'lumot olish zarurligini aks ettiruvchi iste’molchi (shaxs, odamlar guruhi) yoki tizimdir.
Teylorning so'zlariga ko'ra, axborotlarga bo'lgan ehtiyojlar so'rovlar aniqligining to'rtta darajasiga ega:
1. Foydalanuvchi real hayotda shakllantira olmaydigan, lekin uning ongida mavjud bo'lgan "ideal savol" allaqachon shakllanmagan;
2. Axborot ehtiyojlariga ongli munosabat, lekin noaniq shaklda (bu darajadagi tushunish bilan shaxs so'rovni to'ldirishda yordam beradigan bilimdon odamga murojaat qilishi mumkin);
3. Tasavvurida nimani va qanday shaklda izlayotganligi bo’yicha tadqiqotchining savoli;
4. Axborot tizimida axborot ehtiyoji qanday shaklda taqdim etilganligi.
Yuqoridagi axborot ehtiyoji bo’yicha qarab chiqilgan omillarning xususiyatini chuqurroq o’rganaylik. Ehtiyoj o’z-o’zidan ma’lumki, juda keng ma’noli bo’lib, bu subyektning nimagadir talabini ifodalaydi. Shu bilan birga uni qoniqtirish jarayonini u yoki bu faollikda amalga oshishini talab qiladi. Hozirgi zamon psixologiyasi hodisaning vujudga kelishining 4 ta asosiy xarakteristikasini belgilab beradi:
Ehtiyoj o’z predmetiga ega.
Ehtiyoj qondirilishi jarayonida u qanday qondiriladi, qondirish sharoitlari va turlari bo’yicha qandaydir bog’liqlik mazmuniga ega bo’ladi.
Boshqarishda axborotlardan unumli foydlanish maksadida va shu bilan birga boshqaruv mehnatini yengillashtirish maqsadida axborotlarni turlarga ajratish zarur bo’ladi. Ularni asosan 3 ta kategoriyaga bo’lish mumkin.
1.Absalyut axborot ehtiyoji (AAE)
2. Haqiqiy axborot ehtiyoji (XAE)
3. Fakt bo’yicha qoniqtiruvchi axborot ehtiyoji (FBKAE)
Ular o’rtasidagi munosabatlarni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
HAE- Haqiqiy axborot ehtiyoji.
AAE-absalyut axborot ehtiyoji.
FBQAE- fakt bo’yicha qoniqtiruvchi axborot ehtiyoji.