a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy, iqtisodiy ahvoli qanday bo’lishini ochib beruvchi axborot;
b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot.
c) amalda erishganiga qaraganda ko’zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo’yicha axborot.
Bu uchala turlar barobar muhim, zero ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydi. Axborotning birinchi turi – prognazlash va rejalashtirish funksiyasi bilan; ikkinchisi – hisob-kitob funksiyasi; uchinchisi-nazorat va tahlil funksiyalari bilan bog’liqdir.
5. Vazifasiga ko’ra axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, meyoriy va signalli turlarga bo’linadi.
Ma’lumotnoma axborot ko’proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, obyekt-larning qancha barqarorligi belgilari tavsiflaydi va ma’lumotnomalar tizimi shaklida namoyon bo’ladi. Xorijiy ma’lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan yilga uzluksiz ko’payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o’lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan meyorlar tizimini aks ettiradi.
Signalli axborot muhitdagi obyektlar faktik holatining rejasi-dan chetga chiqishi paydo bo’lganda yuzaga keladi. Chetga chiqish sabablari aniqlangandan so’ng ularni bartaraf etish tadbirlari ko’riladi.
6. Axborot o’zining barqarorligiga ko’rao’zgaruvchan shartli- doimiy va doimiyga bo’linadi. O’zgaruvchan axborot obyektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. O’zgaruvchan axborot ichki ishlab chiqarish va tashqi muhitda ro’y berayotgan dinamik o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborot muhitning doimiy o’lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o’zgarmas bo’lib qoladi. Axborot doimo o’z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga ega bo’ladi. Xabarlarni axborot manbaidan axborot iste’molchisiga yetkazib berish yo’llari va jarayonlari axborot komunikasiyalari deb ataladi.