b) axborotning mazmundorligi– axborotning mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantik o’tkazish quvvati ortadi chunki bir xildagi ma’lumotlarni olish uchun kamroq hajmda ma’lumotlarni o’zgartirish talabetiladi.
v) axborotning yetarliligi – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to’laliligi tushunchasi uning manosi mazmuni va progmatikasi bilan bog’liqdir. To’g’ri qaror qabul qilish uchun to’liq bo’lmagan,ya’ni yetarli bo’lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bulgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlarni samaradorligini kamaytiradi.
g) axborotning aktualligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bulgan vaqtdan buyon o’tgan vaqt oraligiga bog’liq bo’ladi.
d) axborotning o’z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab quyilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
ye) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, xodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. j) axborotning ishonarliligi - axborotning ishonarliligizarur aniqlikning ishonarliligi ehtimoli bilan, ya’ni axborot orqali ifoda etilayotgan muayyan parametr ushbu parametrning haqiqiy hajmidan zarur aniqlik darajasida farq qilishi bilan o’lchanadi. z) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativ axborotni tanlash va shakllanti-rishning tanlab olingan uslubiyotiga bog’liqdir. Axborotlarning xususiyatlari. Axborotlardan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan, quyidagi uchta muhim xususiyatga ega bo'lish lozim:
Axborot ma'lum darajada qimmatli bo'lishi kerak, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o'tishi bilan o'z qimmatini yo'qotishi mumkin. Masalan, "30 sentabr kuni yig’ilish o'tkaziladi" degan axborot 1 noyabrda o'z qimmatini yo'qotadi.
Axborot toliqlik xususiyatiga ega bo'lishi lozim, ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi lozim. Aks holda noto'g'ri tushunishga yoki xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, korxona rahbaringizning "Yakshanba kuni barchamiz kinoteatrga boramiz, shuning uchun hamma kinoteatr binosi oldida yig'ilsin" degan axboroti to'liq emas. Chunki, qaysi kinoteatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma'lum.
Axborot ishonchli bo'lishilozim, aks holda undan foydalanish xato qarorqabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingiz-ning "matematikadan bo'ladigan nazorat ishi qoldirildi" degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilishingiz qiyin emas.Biror-bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo'q-ligi undan foydalanib bo'lmasligiga olib keladi. Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta'kidlab o'tish joiz.