1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Boshqaruvchining axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga yo’naltirilganligi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə70/73
tarix17.04.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#99053
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
1 mavzu Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarnin

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Qiyosiy
3.Boshqaruvchining axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga yo’naltirilganligi.
Boshqaruvchining axborot texnologiyasi xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga yo’naltirilgandir. Jumladan:
Doimiy hisobotlar belgilangan grafikka muvofiq yaratiladi. Bu grafik ularni yaratish vaqti, masalan, kompaniya savdo-sotig’ining oylik taxlilini belgilaydi.
Maxsus hisobotlar boshqaruvchilar so’rovlari bo’yicha yoki kompaniyada biror-bir rejalashtirilmagan hodisa ro’y berganda yaratiladi. Hisobotlarning u turi xili ham yakunlovchi, kiyosiy va favqulodda hisobotlar shakliga ega bo’lishi mumkin.
Qiyosiy hisobotlar turli manbalardan olingan yoki turli belgilariga ko’ra tasniflangan va qiyoslash maqsadlari uchun foydalanadigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Favqulodda hisobotlar istisno tariqasidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.
Boshqaruvni qo’llab quvvatlash uchun hisobotlardan foydalanish chetga chiqishlar bo’yicha boshqarish deb ataladigan narsani amalga oshirishda ayniqsa samaralidir.
Chetga chiqish bo’yicha boshqaruv shuni ko’zda tutadiki, menejer oladigan ma’lumotlar asosan mazmun jihatdan firma xo’jalik faoliyati ahvolining o’rnatilgan standartlardan (masalan, rejalashtirgan ahvolidan) chetga chiqishini o’zida aks ettirmog’i lozim.
Firmada chetga chiqishlar bo’ycha boshqaruv tamoyillaridan foydalanishda yaratilayotgan hisobotlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
A Hisobot chetga chiqish ro’y bergandagina yaratilishi mumkin.
B Hisobotdagi ma’lumotlar mazkur chetga chiqish ko’rsatkichi uchun tanqidiy ahamiyatiga ko’ra sortlashtirilishi kerak;
V. Barcha chetga chiqishlarni iloji boricha birgalikda ko’rsatish kerak.Chunki menejer o’rtasidagi mavjud aloqani bilishi mumkin.
G. Hisobotdan me’yordan miqdoriy chetga chiqishini ko’rsatish kerak.
Dasturiy ta’minot yordamida ma’lumotlar bazasidagi narsalar tashkilotda qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislarga tegishli davriy va maxsus hisobotlarda o’zgaradi. Ko’rsatilgan axborotni olish uchun foydalanadigan ma’lumotlar bazasi ikki elementdan tashkil topishi lozim.

  1. Firma olib boradigan operatsiyalarni baholash asosida jamlanadigan ma’lumotlar.

  2. Boshqaruv (firma bo’lishmasi )ob’ektning rejalashtirilgan ahvolini belgilovchi rejalar,standartlar ,byudjetlar va boshqa me’yoriy hujjatlar.




Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin