4.Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyalari.
Ofisini avtomatlashtirish xodimlar kommunikatsiyasining mavjud ananaviy tizimini (majlislar, telefon qo’ng’iroqlari va bo’yruqlar) almashtirmaydi, faqat uni to’ldiradi.(1-rasm) Bu tizimlar birgalikda foydalanilib, boshqaruv mehnatini oqilona avtomatlashtirish va boshqaruvchilarni axborot bilan ta’minlashga intiladi.
Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo’llab- quvvatlashi uchungina emas balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o’ziga tortadi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi-bu kammunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish u bilan ishlashning kampyuter tarmoqlari va boshqa zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo’llab- quvvatlashtirishdir.
Telekonferentsiyalar
Ofisli avtomatlashtirilgan texnologiyalar boshqaruvchilar, mutaxassislar, kitoblar va xodimlar tomonidan foydalaniladi, ular aynissa ma’lumotlarni guruhiy hal etish uchun etiborga loyiq. Ular kitoblar va xodimlar mehnati unumdorligini oshirishga va oshib borayotgan hajmini tezkor ravishda bajarishga imkon beradi.
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyalarini ta’minlovchi kopyuter texnik visitalar uchun bir necha qnlab dasturiy maxsulotlar ma’lum. Bularga: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audio pochta, kompyuterli konferentsiyalar, telekonferentsiyalar, vidiomatn, tasvirni saqlash, shunindek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari: hujjatlarni yuritish, bo’yrukqlarni ijro etish uchun nazorat va boshqalar kiradi.
Ofis ishlarini avtomatlashtirish hozirga uch boshqichdan iborat. Birinchi bosqich EHM ulkan markazlashgan qurilmalar bo’lib, ularga xizmat qilgan mutaxassislar behisob axborot: to’lov qog’ozlari, inventar yozuvlar, obunachilar ro’yxati, to’lov hisob raqamlari va boshqalarni qayta ishlash. Ikkinchi boskich 70-yillar oxirlarida matnlarni qayta ishlash bo’yicha avtonom protsessorlar va mikrokompyuterlar paydo bo’lishi bilan boshlangan.Uchinchi bosqich uchun muassasalarni avtomatlashtirish endi boshlanmokda. Bu yakona tarmoq elektron yo’l bilan axborotni qo’shni binoga uzatish imkonini beradi.
Bunda qog’oz materiallarini tayyorlash va pochta orqali jo’natish narxidan ancha arzonga tushadi.
Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborot texnologiya-larining asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o’zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatidan yaxshi uslubidir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi bo’lgan qarorlar ishlab chiqish integratsion jarayon natijasida ro’y beradi va unda quydagilar ishtirok etadi:
-hisoblash bo’g’ini va boshqaruv ob’ekti rolida qaror qabul qilishni qo’llab- quvvatlash tizimi;
-inson kompyuterda kirish materiallari toishirig’ini beruvchi va olingan bo’g’ini sifatida turadi.
Qaror qabul qilishni qo’llab- quvvatlashning axborot texnologiyasi boshqarishning istalgan darajasida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari boshqarishning turli darajalarida qabul kilinuvchi tez-tez muvofiqlashtirilib turishi lozim. Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimini tuzilmasi, shuningdek asosiy texnologik operatsilarni belgilovchi uning bloklarini tashkil qiluvchi funktsiyalari 2-rasmda kertirilgan.
Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning tizim tarkibiga uch asosiy qism: ma’lumotlar bazasi va tizim osti dasturi kiradi. Bundan tashqari ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimini (MBBT), foydalanuvchi va kompyuter o’rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |