1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa
Transmilliy korporatsiyalar faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bo’lib, xo’jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to’planishining jadallashgan o’sishi hisoblanadi.
Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo’shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududni tashkil topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko’plab mamlakatlari YaIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YaIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko’rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko’paygan.
Ma’lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining harakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o’zlarini xorijdagi filiallariga tovar etkazib berishlari va xizmat ko’rsatishlarining ulushi kattadir.
Hozirgi davrda korporatsiyalarning transmilliylashuv jarayoni kuchayib bormoqda. Mohiyatiga ko’ra, korporatsiyalarning xorijdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki transmilliylashish darajasini ifodalaydi. Korporatsiyalarining transmilliylashuvini aniqlash uchun maxsus transmilliylashuv indeksidan foydalaniladi.
Transmilliylashuv indeksi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
I T = 1/3 (A I /A + R I /R + S I /S) x 100 % , Bunda,
I T — transmilliylashuv indeksi, %;