1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta risklarini boshqarish usullari va ularning mohiyati



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə25/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta risklarini boshqarish usullari va ularning mohiyati

Valyuta risklarini samarali boshqarish xalqaro moliya munosabatlari ishtirokchilari faoliyatida dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Jahondagi yirik korporatsiyalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy risklarning barcha turlarini o’rganib borish hamda ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda alohida risklar bo’yicha menejerlik faoliyati yo’lga qo’yilgan. Risklar bo’yicha menejer moliyaviy risklarni oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni faoliyatning turli sohalari bo’yicha ma’sul bo’lgan boshqa mutaxassislarga taqdim etib boradi. Shuningdek, risklar bo’yicha menejer risklar darajasini aniqlash, ularni maksimal darajada kamaytirish va sug’urtalash masalalari bilan shug’ullanadi.


Zamonaviy jahon xo’jaligidagi munosabatlar bozor ishtirokchilaridan kon’yunktura o’zgarishiga tezda moslashishni, moliyaviy natijalarni uzoq muddatga bashoratlashni, samarali strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishni hamda barqaror faoliyat yuritishni talab etadi.
Valyuta kurslari o’zgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valyuta risklarini sug’urtalash (xedjerlash)dan foydalanish zarurdir.
Valyuta riski sug’urtasi deganda, uni bartaraf etish bilan bog’liq choralar tushuniladi. Bunday choralarga, tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalarini, xorijiy valyutalar kursining o’zgarishiga bog’liqligini yo’qotishga qaratilgan choralar kiradi.
Bir qator firmalar, valyuta muvozanatsizligini zamonaviy xalqaro savdo muammolaridan biri deb hisoblab, hech qachon valyuta risklarini sug’urta qilmaydilar. Oqibatda, bunday firmalar katta zararlar ko’rgani holda ularning soni hozirgi kunda ancha kamaygan.
Boshqa korxonalar esa, valyuta kurslari prognozlarini hisobga olmay, barcha ochiq pozitsiyalarini qoplaydilar. Bunday siyosat albatta yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Valyuta chayqovi bo’yicha real zararlarning paydo bo’lishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisining har bir valyuta operatsiyasiga balansning boshqa tarafida operatsiyalarning qarama-qarshi turishi bilan izohlanadi. Masalan, eksport shartnomalaridan va berilgan kreditlardan keladigan tushumlar hajmining rejalashtirilgan natijalarga nisbatan kamayishi, olingan summa joriy xarajatlarni yoki jalb qilingan bank mablag’lari qiymatini qoplamasligiga olib kelishi mumkin.
Valyuta riskining sug’urtasi va sug’urtasiz shakli bilan bo’ladigan iqtisodiy operatsiyalarning samaradorligi operatsiyalarni amalga oshirish davrida valyuta kurslarining o’zgarishiga bog’liq.
Shartnoma ishtirokchisi boshqaruv qarorining samaradorligi – valyuta riskini sug’urta qilish yoki sug’urta qilmaslik – shartnoma tuzilishi va uning ijro etilishi davri orasida valyuta kurslarini istiqbol harakatlarining u tomondan oldindan to’g’ri baholanishiga bog’liq. Demak, valyuta kurslari o’zgarishini bashorat qilish, valyuta riskini sug’urta qilish va valyuta chayqovi orasidagi tanlovning zaruriy shartidir.
Valyuta kurslarini bashorat qilish deganda, maxsus ilmiy tadqiqot uslublari yordamida kurslarning kelgusidagi o’zgarishi haqida axborot olish tushuniladi.
Amaliyotga valyutalarning erkin suzadigan kurslari tizimining kirib kelishi bilan, ularning tebranishi masshtabli, oldindan bilib bo’lmaydigan va muntazam ravishda tebranadigan bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida valyuta riskini yanada kuchaytishiga olib keldi.
Valyuta riskining boshqarish qiyin bo’lgan turi-bu iqtisodiy riskdir. Chunki firma bozordagi mavjud kon’yunktura o’zgarishidan ham talofat ko’rishi mumkin. Kurs o’zgarishi hisobiga korxona sotib oladigan xom-ashyo tovarlari va u sotadigan tayyor mahsulot kuchli ta’sir ostida qoladi. Bunda korxonaning rejalashtirilgan tushumga erisholmay qolishi valyuta kursi iqtisodiy riskining yorqin salbiy oqibati hisoblanadi. Chunki korxona talab va taklif qonunini tartibga solish imkoniyatiga ega emas. Shu tufayli bunday riskni boshqarish usuli sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Korxona operatsion faoliyatini restrukturizatsiya qilish. Bunda korxona xarid qiladigan xom-ashyolar va sotadigan tovarlari bitimining bir-biriga nisbatan teskari korrelyatsiyada bo’lgan valyutalarda tuzilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
2. Sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar bitimi muddatini birxillashtirish. Bunda korxona tovarlarini sotgan kuni xom-ashyo sotib oladi va valyuta kursi riskidan ma’lum ma’noda himoyalanadi. Lekin korxona tovarlarini qachon va qancha miqdorda sotilishini rejalashtira olmaydi.
Translyatsion risk turli xorijiy valyutadagi mablag’larni jamlanma moliyaviy hisobotni tuzish paytida bitta valyutaga ayirboshlashda yuzaga keladi. Bunda kurs o’zgarishi haqiqatda salbiy ta’sirni yuzaga keltirmaydi. Chunki xorijiy valyutadagi mablag’ haqiqatda ayirboshlanmaydi, u hisobraqamda turadi faqat bitta valyutaga hisobot uchun translatsiya qilinadi.
Lekin bunda muammo bu translatsiyaning bozor ishtirokchilariga bir aktsiyaga to’g’ri keladigan daromad sifatida signal berishida namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, joriy kurs bo’yicha tarnslatsiyalangan mablag’ning kamayishi hisobiga aktsiya bahosi pasayishi mumkin. Bu esa, investorlar uchun noxush xabar hisoblanadi. Shu tufayli, korxonalar translatsion riskni ham muddatli valyuta bozori bitimlari yordamida xedjirlashga kirishadi. Buning salbiy tomoni shundaki, korxona mablag’lari haqiqiy valyuta riski yo’qotishiga duch kelmagan holda, tuzilgan bitim summasiga haqiqiy rikka uchraydi. Buning natijasida haqiqiy yo’qotishlar ham yuzaga kelishi mumkin.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin