Kasbiy faoliyatda juda ko’plab shunday nozik farqlar mavjudki, ularni hatto muayyan bir mutaxassislarning huquq va majburiyatlarini belgilab qo’ygan amaldagi qonunchilik ham bo’ysundira olmaydi. Shu munosabat bilan kasbiy ahloqni tartibga solishda qo’shimcha choralarga ehtiyoj tug’iladi. Ma’lum bo’lishicha, korporativ qoidalarni ishlab chiquvchi muayyan bir kasb egalari boshqalardan ko’ra ko’proq o’z muammolarini hal eta oladilar.