Kafedrasi audit fanidan


Ahloq kodesining asosiy talablari



Yüklə 90,2 Kb.
səhifə4/7
tarix16.12.2022
ölçüsü90,2 Kb.
#75715
1   2   3   4   5   6   7
Sh.Qurbonov (audit-1)

2. Ahloq kodesining asosiy talablari.
1. Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur.
2. Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. Mijozning soliq, sud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, auditor himoya qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur.
3. Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish davrida auditorlar vaziyatlarga va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur.
4. Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi lozim. Auditorlar o’z ishiga ziyraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur.
5. Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart.
Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin:
- mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa;
- mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa;
- auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa;
- mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita
moliyaviy jihatdan qatnashsa;
- mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan
qarindosh yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa;
- mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi.
6. Auditorning kasbiy mahorati. Auditor mijozga kerak bo’lgan auditorlik xizmatining etarli professional darajasini ta’minlashi lozim. Auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga olishda ma’lum sohada o’zining mahorati borligiga ishonishi lozim.
7. Mijoz axborotining maxfiyligi. Auditor mijozga xizmat ko’rsatish davrida u bilan aloqaning davom etayotganligi yoki to’xtatilganidan qat’iy nazar, uning maxfiy axborotlarini sir saqlashi lozim. Auditor professional xizmat ko’rsatib bo’lganidan so’ng mijozning maxfiy axborotini o’zining foydasi, 3-shaxsning foydasi yoki mijozga zarar etkazish maqsadida oshkor etmasligi lozim.
8. Soliq munosabatlari. Mijoz uchun eng ko’p qulaylik rejimini yaratish soliqqa tortish sohasida kasbiy xizmat ko’rsatuvchi auditorning vazifasi hisoblanadi. Taqdim etiladigan xizmatlar kasbiy bilimdonlik bilan amalga oshirilishi, hech qanday vaziyatda halollik va xolislik tamoyillarini buzmasligi kerak. Auditor soliqqa tortishning hamma sohalari bo’yicha qonunchilikka rioya etishi zarur: o’zining yoki boshqa shaxslarning manfaatidan kelib chiqib, daromadlarni oshirmasliklari lozim.
9. Professional xizmat uchun haq to’lash. Professional xizmat uchun haq miqdori ko’rsatilgan xizmatning murakkabligi, auditorning malakasi, tajribasi, professional nufuzi va malakaviy darajasiga bog’liqdir. Xizmat haqi erishilgan aniq bir natija, yutuqqa bog’liq bo’lmasligi lozim. Auditor mamlakatda o’rnatilgan hisob-kitoblar me’yoridan ortiq ravishda ko’rsatilgan xizmat uchun naqd pul ko’rinishida haq olishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish uchun oladigan haqning tartibi va shartlari to’g’risida yozma ravishda oldindan mijozni xabardor qilib qo’yishi lozim.
10. Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar bir-birlariga nisbatan samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi mumkin emas.
11. Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo qayg’urishi lozim.
12. Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim.
13. Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.
14. Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.


Yüklə 90,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin