O‘zbekiston auditorlarning kasbga oid ahloq kodeksi 18 ta moddadan iborat. Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja operatsiyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar. Ular quyidagilar:
- Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik.
- Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori
texnik mahoratga ega bo’lish.
- Mijozlar oldidagi majburiyat.
- Kasbdoshlari oldidagi majburiyat.
Auditorlik kasbi uchun ahloq kodeksining talablari ishlab chiqilgan bo’lib, auditorlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ahloq kodeksining asosiy talablari quyidagilar hisoblanadi:
Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish;
Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi) va boshqalar hisoblanadi.
Auditning ahloq kodeksi tamoyillari sifatida mustaqillik, vijdonlilik va maxfiylik, umuminsoniy ahloq qoidalari va ma’naviy me’yorlarga rioya qilish hamda auditorning xolisligi va kasbiy vakolatliligi hisoblanadi.
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi.