1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Valyuta riskining yuzaga kelish sabablari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə24/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Valyuta riskining yuzaga kelish sabablari

Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta’sir etadi, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi,


Valyuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o’zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki, import va eksport qiluvchilar valyutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o’zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun, import qiluvchi ma’lum bir tovarni o’zini valyuta xavf-xatariga qo’yib, chet davlatdan sotib olganidan ko’ra, o’z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o’rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir.
To’lovi kelgusida amalga oshishi ko’zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida ma’lum bir summada qayd etilgan har qanday kredit operatsiyasi, shartnoma valyutasi ishtirokchi uchun xorijiy bo’lgan tarafning valyuta xavf-xatariga chalinadi Kreditor, o’zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan holda, qiymatni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. qarz oluvchi ham, agarda to’lov paytida qarz valyutasining kursi shartnoma tuzilgan sanaga nisbatan ko’tarilsa, zarar ko’rishi mumkin.
Eksport va import qiluvchilar, valyuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to’qnashadilar. Eksport qiluvchi, agarda u tovarlarni to’lovi kechiktirilgan holda sotgan bo’lsa, va baho valyutasi sifatida import qiluvchi valyutasi yoki uchinchi davlat valyutasi olingan bo’lsa, valyuta riskiga duchor bo’ladi. Agarda, baho valyutasining kursi eksport qiluvchi milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko’rishi mumkin.
Shunday qilib, eksport qiluvchi uchun valyuta riski bo’lib, shartnomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho valyutasi kursining milliy valyutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, valyuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq shartnomalarga ta’sir etadi.
Import qiluvchi uchun valyuta risklari quyidagi holatlarda vujudga keladi: agarda, tovarlar, bahosi chet el valyutasida qat’iy belgilanib sotib olinayotgan bo’lsa. Bunda, agar chet el valyutasining kursi import qiluvchi valyutasiga nisbatan ko’tarilsa, unda import qiluvchi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun haq to’lashda, milliy valyutada ko’proq xarajat qilinishiga to’g’ri keladi.
Ma’lumki, hech bir xalqaro savdo shartnomasi bir kun ichida tuzilib, u bo’yicha to’lov ham bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga ko’ra, albatta, valyuta riski shartnoma muddatiga to’g’ri proportsional ravishda ortib boradi.
Bizning fikrimizcha, shartnomaning imzolanish paytigacha (shartnomani tayyorlash davrida) xorijiy valyuta kursining o’zgarish riski valyuta riskiga kirmaydi, u ko’proq baho xavf-xatariga yoki valyuta kursi o’zgarishi bilan bog’liq raqobatdoshlikning yomonlashish xavf-xatariga kiradi. Bunday risk, shartnomaning tuzilish davrida, muhokamalar paytida hal etilishi mumkin. Xususan, muzokaralar davrida valyuta kursini to’satdan o’zgarib ketishi natijasida shartnoma ishtirokchisi (bunday o’zgarish zararlarini qisman yoki to’la qoplash maqsadida) shartnomadagi dastlabki bahoning bir muncha o’zgartirilishini talab qilishi mumkin yoki bu shartnomadan boshqa kontragent foydasiga butunlay voz kechishi mumkin.
Shartnoma tuzilib, imzolanganidan so’ng, yuqorida bayon etilgan o’zgartirishlarni shartnoma shartlariga kiritib bo’lmaydi (agarda, shartnoma shartlarida bu xususida valyuta shartlari (ogovorka) mavjud bo’lmasa).
Fikrimizcha, baho o’zgarishi bilan bog’liq riskga, valyuta shartnomasining inflyatsion qadrsizlanish riski ya’ni, tovar baholarining o’sishi shaklida ifodalangan valyuta qiymatlarining tovar baholariga nisbatan o’zgarish riski kiradi. Ba’zi tadqiqotchilar tomonidan ular valyuta riskining amal qilish shakllariga kiritilgan.
Valyuta riski bunday turining zaminida, valyuta riski paydo bo’lishi bilan bevosita aloqada bo’lmagan, ammo unga bilvosita valyuta kursi orqali ta’sir etadigan, valyutalarni tovarlarga nisbatan qadrsizlanishining umumiy tendentsiyasi yotadi.
Uzoq muddatli davrda tashqi iqtisodiy munosabatlar samaradorligi uchun, kurslar o’zgarishi oqibatidagi yo’qotishlarga karaganda, inflyatsion omil nisbatan chuqurroq salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Kurslar harakatidagi va valyutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchisi bo’lgan har birining yo’qotishlar va daromadlar balansining nafaqat valyuta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki valyutalar kurslari o’zgarishining o’zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog’liq. Masalan, agarda valyutalarning tashqi qadrsizlanishi (valyuta kursini pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o’sib ketsa, unda xorijlik import qiluvchilar qo’shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Chunki, ular o’z valyutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning valyutasiga ko’proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar, barcha xo’jalik shartnomalarining samaradorligiga ta’sir etgan holda, valyuta riskini tashqi iqtisodiy shartnomalar samaradorligini ko’rsatuvchi ahamiyatli, ammo yagona omil emasligini ko’rsatadi.
Valyuta riskining alohida holati sifatida, valyuta mablag’larini joylashtirish paytida vujudga keladigan valyuta avuarlarining (Avuarlar – mijozning bankdagi turli aktivlari, mol-mulki, pul mablag’lari. Ko’pincha bankning xorijda joylashgan boshqa bankning hisobvaraqlarida bo’lgan chet el valyutasidagi pul resurslariga, qimmatli qog’ozlari va oltinga nisbatan qo’llaniladi. Biror-bir mamlakatga tegishli bo’lgan bunday mablag’larning jami uning chet el avuarlarini tashkil etadi.) qadrsizlanish riskini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunday risk turi bo’yicha valyuta zararlarini banklar singari, mijozlar va davlat ham ko’rishi mumkin. Bu holda vujudga keladigan valyuta riski mazmun jihatidan har qanday savdo-kredit operatsiyasidagi valyuta riski singari bo’ladi, chunki valyuta mablag’larini joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalar kredit xarakteriga ega. Bu holda valyuta riskini hisobga olish xususiyatlari va uni sug’urtalash uslublari (valyuta mablag’larini joylashtirishda) riskni valyuta riskining alohida turiga ajratishga asos bo’ladi.
Eksport qiluvchi (kreditor), agarda shartnomaning tuzilishi va u bo’yicha to’lovning amalga oshirilishi davri ichida baho valyutasining kursi uning milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko’radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo’ladi.
Valyuta riski xalqaro savdo va kredit munosabatlarini qiyinlashtirib yuboradi, oqibatda mazkur munosabatlar ishtirokchilari valyuta xavf-xatarlarini o’rganish orqali ularni bartaraf etish yo’llarini qidira boshlaydilar.
Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valyuta riskini paydo bo’lishining quyidagi shartlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • ochiq valyuta pozitsiyasining mavjudligi;

  • shartnoma valyutasi sifatida xorijiy valyutadan foydalanish;

  • shartnomaning tuzilishi va u bo’yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi.

Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.
“Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo’ladi.
“Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil bo’ladi.
Agarda, dilerning talablari majburiyatlaridan ko’p bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi “uzun” pozitsiya bo’yicha ochiq hisoblanadi. Agarda, dilerning majburiyatlari talablaridan ko’p bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi “qisqa” pozitsiya bo’yicha ochiq hisoblanadi. Dilerni talab va majburiyatlari o’zaro teng bo’lsa, unda valyuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi.
Valyuta kurslari muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo’lsa, valyuta riski shunchalik yuqori bo’ladi. Hozirgacha, biz valyuta riski tushunchasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko’rib chiqqan edik. Agarda, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo’lmish taraflar xorijiy valyutada ifodalangan majburiyatlar va talablarga ega bo’lib, ko’p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, unda ular barcha operatsiyalar bo’yicha emas, balki faqat ochiq valyuta pozitsiyasi bo’yicha valyuta xatariga uchraydilar.
Ochiq valyuta pozitsiyasi valyuta riski bilan bog’liq bo’lib, banklarning (firmalarni) qo’shimcha daromad olish yoki ortiqcha xarajat (hatto bankrotlikka) qilishga olib keladi. Shu sababli, ko’pgina mamlakatlarda davlat moliya organlari ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorlarini chegaralaydilar.
Odatda, valyuta riski muammosini hal etish bilan bog’liq firmaning faoliyati ochiq valyuta pozitsiyasi miqdori, ya’ni valyuta xatariga tortiladigan xorijiy valyutadagi summalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu erda shuni hisobga olish kerakki, xorijiy valyuta sotib olinganda valyuta pozitsiyasining uzun pozitsiyasi ko’payadi yoki shu valyutadagi qisqa valyuta pozitsiyasi kamayadi (talablar oshadi yoki majburiyatlarni bir qismi bajariladi), xorijiy valyuta sotilganda esa buning teskarisi bo’ladi, ya’ni qisqa valyuta pozitsiyasi ko’payadi, yoki uzun pozitsiya kamayadi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi yuqori darajadagi valyuta riski manbaidir. Valyuta yo’qotishlarni manbai bo’lgan, ochiq valyuta pozitsiyalarini aniqlanishi bilan, valyuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug’iladi.
Shunday qilib, yuqorida ko’rib chiqilgan valyuta riskining paydo bo’lish sharoitlariga (shartnomalarda xorijiy valyutaning ishlatilishi, shartnoma tuzilishi va ijro etilishi orasida vaqt uzilishining mavjudligi) yana bir sharoitni, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyasini mavjudligini qo’shsa bo’ladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan valyuta xavf-xatarlarining paydo bo’lish sharoitlari, birinchi navbatda, tashqi savdo va kredit shartnomalari bilan bog’liq aniq operatsiyalarga aloqadordir. Ular esa, o’z navbatida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining valyutada zarar ko’rishiga olib kelishi mumkin.


    1. Yüklə 1,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin