1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Xalqaro moliyaning tuzilmasi

Xalqaro moliya munosabatlarining sub’ektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari o’rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o’rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasida yuzaga kelishi mumkin.


Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy sub’ekt hisoblanadi.
Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zahiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.
Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan holda jahon xo’jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi sub’ektlar faol rol o’ynaydi.



    1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin tutadi.


Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo’jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonuniyatlariga bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-yo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’ektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni taqozo etadi:

  • xalqaro valyuta munosabatlari;

  • xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;

  • xalqaro savdo munosabatlari;

  • investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;

  • mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish;

  • xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.

Xalqaro moliya munosabatlarining ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o’zgarib boradi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi:

  • Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;

  • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;

  • jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish;

  • xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish;

  • yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.

  • Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.

  • Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.

  • Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi.

  • Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.

  • Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi.

  • Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi.

  • Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.

Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.

Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendentsiyalarini belgilab berdi:

  • xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish;

  • jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi;

– kapital migratsiyasining globallashuvi;
– hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi.
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish;

  • milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga moslashtirish;

  • mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish.

Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o’zaro hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga;
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin