1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə14/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Valyuta pozitsiyasiga limit har bir davlatning iqtisodiy holati va mamlakat moliyaviy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqib o’rnatiladi.
Xorijiy valyutalar qator sabablarga ko’ra spot shartlari asosida oldi-sotdi qilinadi. Xususan, import mahsulotlari, shuningdek chet el aktivlari (obligatsiya, ko’chmas mulk va h.k.) uchun to’lovlarni amalga oshirish, chet elga sayohat yoki xizmat safarlarini moliyaviy ta’minlash va boshq. Spot operatsiyalari orqali banklar o’z mijozlarining xorijiy valyutadagi extiyojlarini qondiradi, arbitraj (spekulyativ) operatsiyalarni amalga oshiradi, xorijiy valyutadagi qisqa muddatli kapital harakatini yuzaga keltiradi.
Spot shartlari asosida valyutalar savdosida keng tarqalgan usullardan biri marja asosidagi savdo hisoblanadi. Spot bitimida marja boshlang’ich kapital vazifasini bajarib, dilerlik yoki kliring, birja, savdo markazi uchun o’tkaziladigan operatsiyalarga garov rolini bajaradi. Savdo tashkilotchisiga taqdim etilganidan so’ng uni kredit “elkasi” yoki “richagi” orqali bir necha barobar (1:30, 1:40, 1:50 yoki 1:100 va h.k.)ga oshirgan holda valyutalar savdosini amalga oshirish mumkin. Natijada, qo’yilgan summadan bir necha barobar katta mablag’ bilan valyutalar oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirib, qo’yilgan marjadan ko’p bo’lmagan zarar bilan katta miqdordagi foydani olish mumkin bo’ladi. Kurslar o’zgarishidan ko’rilgan zarar hajmi birjaga ko’yilgan marjadan chegirib (ayirib) olinadi, natijada garov ta’minotingiz kamayib boradi. Aksincha, spot bitimida valyuta kurslari tebranishidan foyda ola boshlasangiz, ular marja ustiga ko’shilib boradi.
Arbitraj operatsiyalari – valyuta kurslari farqidan foyda olish maqsadida amalga oshiraladigan spekulyativ operatsiyalardan biridir. Bunda odatda, arbitrajyor ma’lum bir qisqa vaqt oralig’ida turli joylardagi valyuta bozorlarida shakllangan bir turli valyuta kurslari farqidan foyda oladi. Ya’ni, bir joydan valyutani arzon sotib olib, boshqa bir joyda qimmatroqqa sotadi. Bu kabi, qisqa muddatli valyuta arbitraji operatsiyalarida risk darajasi uzoq muddatli valyuta operatsiyalariga nisbatan kam bo’ladi. Arbitrajyorlar valyuta bozordagi kurslarning o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash maqsadida doimo ularni kuzatib boradilar, yirik banklar faoliyati natijalarini proznozlash, bozorga keskin ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladilar.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin