1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə21/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Yamayka valyuta tizimi – zamonaviy jahon valyuta tizimi bo’lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Yamayka valyuta tizimining o’ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy etilishi bo’ldi.
Bretton-vuds tizimining inqirozi valyuta islohotlarining ko’pgina loyihalarini keltirib chiqardi: jumladan, jamoaviy zahira birliklarini tashkil etish, tovar va oltin bilan ta’minlangan jahon valyutalarini chiqarish va oltin standartiga qaytish loyihalari.
Monetarizm tarafdorlari davlat aralashuviga qarshi bozor tomonidan tartibga solishni yoqlashdi, to’lov balansini avtomatik tarzda o’z-o’zidan tartibga solinish g’oyasiga asoslangan holda suzuvchi valyuta kurslari rejimi joriy etishni taklif qilishdi (M. Fridman, F. Maxlup va bosh.). Neokeynsianchilar J.M.Keynsning xalqaro valyuta tashkil etish to’g’risidagi oldingi g’oyasiga qaytishdi (R. Triffin, U. Martin, A. Dey. F. Peru, J. Denize). AQSh oltinni to’liq demonetizatsiya qilish va dollarning mavqeini qo’llab-quvvatlash maqsadida xalqaro likvid vositani tashkil etish yo’lini tutdi. G’arbiy Evropa, ayniqsa Frantsiya dollarning etakchiligini cheklash va XVF kreditlarini kengaytirish sari harakat qildi.
Valyuta inqirozidan chiqishga bag’ishlab jahon miqyosida bir qator konferentsiyalar o’tkazildi. 1972-1974 yilllarda XVF jahon valyuta tizimini isloh qilish loyihasini tayyorladi.
Mazkur loyiha 1976 yilda XVFga a’zo mamlakatlarning kelishuviga ko’ra Kingstonda o’tkazilgan konferentsiyada rasmiy jihatdan kuchga kirdi. Yamayka valyuta tizimi asosiga oltin standartidan to’liq voz kechish tamoyili qo’yildi.
Mazkur tizimga muvofiq valyuta munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim:

  • oltin andozasi tizimi rasman bekor qilindi;

  • oltin demonetizatsiyasi belgilandi, uning jahon puli funktsiyasi bekor qilindi;

  • valyutani oltinga bog’lovchi oltin paritetlari taqiqlandi;

  • markaziy banklarga bozor bahosi bo’yicha oltinni oddiy tovar sifatida sotish va sotib olishga ruxsat etildi;

  • SDR (Special Drawing Rights) standarti joriy etildi, undan jahon puli sifatida, shuningdek, valyuta almashinuv kurslarini o’rnatish hamda rasmiy aktivlarni baholashda foydalanish ko’zda tutildi.

  • alohida markaziy banklarga ichki pul siyosatini mustaqil o’tkazish imkoniyati kengaytirildi. Mamlakatlarning markaziy banklari valyutaning qa’tiy belgilangan paritetini ushlab turish uchun valyuta bozorlari faoliyatiga aralashishga majbur emaslar. Biroq, ular valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valyuta interventsiyalarini amalga oshiradilar.

  • zahira valyutalari sifatida AQSh dollari, Germaniya markasi, funt sterling, shveytsariya franki, yaponiya ienasi, frantsuz franki rasman tan olindi (evro muomalaga kiritilishiga qadar);

  • erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi o’rnatildi, shuningdek, ularni jahon valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllantirish belgilandi;

  • davlatlarga valyuta kursi rejimini mustaqil belgilashga ruxsat etildi.

Yamayka bitimining barcha ishtirokchi mamlakatlari asosida valyutalarning oltin tarkibi yotgan qa’tiy belgilangan valyuta kurslaridan valyuta bozorlaridagi talab va taklif ta’sirida muayyan chegaralarda erkin o’zgaruvchan suzuvchi valyuta kurslariga o’tishdi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin