1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


O’zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoliyati



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə106/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

18.5. O’zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoliyati

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoning turli joylarida va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi.


O’zbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi, shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Mamlakatlarning muayyan integratsion tashkilot doirasida birlashuvi, ular o’rtasida mahsulotlar, xizmatlar va kapital harakati bilan bog’liq munosabatlarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birgalikda, mamlakatlar o’rtasida yangi texnologiyalarning erkin tarqalishiga, ularning milliy iqtisodiyotlarda ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish jarayoniga joriy etilishiga qulay zamin yaratadi va pirovardida iqtisodiyot barqarorligiga erishishga ko’maklashadi.
O’zbekistonda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish siyosati avvalo, milliy iqtisodiyotning barqaror darajada o’sishini ta’minlash hamda jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishiga yo’naltirilgan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayoni kuchayishi barobarida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo, MDH davlatlari, Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda.
O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH va Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi integratsion birlashmalarda ishtirok etishi mamlakatimizning jahon xo’jaligidagi o’rnini yanada mustahkamlashda muhim o’rin tutmoqda.
Mamlakatimiz 2001 yil iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo’lib, uning muassisi va teng huquqli qatnashchisiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hududida akkreditatsiyadan o’tkazilgan qo’shma korxonalar va vakolatxonalar soni xo’jalik sub’ektlari darajasida kooperatsiyaviy aloqalarning faol rivojlanayotganidan dalolat beradi.
2012 yil 1 yanvar holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi hududida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar investorlari ishtirokida 1601 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardan 270 tasi 100 foiz xorijiy sarmoya hisobiga tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar firma va kompaniyalarining 178 ta vakolatxonasi akkreditatsiyadan o’tkazilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining qarori bilan Ko’p tomonlama savdo iqtisodiy hamkorlik dasturi tasdiqlandi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan mazkur Dasturni amalga oshirish yuzasidan qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bosqichma bosqich tadbirlar Rejasi ishlab chiqilgan.
2006 yil 22 avgustda Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish bo’yicha Mahsus ishchi guruhning uchinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mahsus ishchi guruh yig’ilishining natijalari bo’yicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida transport sohasidagi loyihalarni tezlashtirish maqsadida quyidagi ikki loyihani asosiylar sifatida amalga oshirish belgilab olindi: 

  • E-40 xalqaro transport yo’nalishi tarkibida, Qig’och daryosi bo’ylab ko’prik qurilishi bilan «Volgograd-Astraxan-Atirau-Baynau-Qo’ng’irot» va «Oqtov-Baynau-Qo’ng’irot» avtomobil yo’llarini bir vaqtda va o’zaro mos ravishda qurishni amalga oshirish.

  • Qashg’ar shahrida multimodal tashishlar uchun yuk ortish terminalining qurilishi bilan «O’sh-Saritosh-Irkeshtam-Qashg’ar», «Bratstvo-Dushanbe-Djirgatal-Karamik-Irkeshtam-Qashg’ar» avtotransport yo’nalishini rivojlantirish.

Hozirda O’zbekiston Respublikasi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida savdo iqtisod, transport kommunikatsiya, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik faoliyati izchil davom etmoqda.
MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O’zbekiston respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, hamkorlik aloqalarini mutahkamlash va kengaytirish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin oldi. O’zbekiston Respublikasi MDHning asosiy va tarmoq organlarining faoliyatida ishtirok etadi.
O’zbekiston MDH barcha ishtirokchi-davlatlar uchun maksimal ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish maqsadida xo’jalik jarayonlarini tartibga solishda muvofiqlashtiruvchi rolini bajarishi kerak deb hisoblaydi.
MDHga a’zo-mamlakatlar bilan munosabatda O’zbekistonning o’rni quyidagilardan iborat:

  • MDHning barcha a’zo-mamlakatlari manfaatlarini teng huquqliligini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning ustuvor yo’nalishda bo’lishini ta’minlash;

  • O’zbekiston Respublikasi o’zaro manfaatli hamkorlik qilishda intiluvchi ixtiyoriyligi tamoyilini saqlash tarafdorligi va boshqalar.

Hozirgi vaqtda Hamdo’stlik o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Qabul qilingan MDHning bundan keyingi taraqqiyoti Kontseptsiyasi va uni amalga oshirish rejasida barcha ishtirokchi-davlatlar tomonidan Hamdo’stlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlari: iqtisodiy integratsiya, gumanitar sohada, xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash, jinoyatchilik, yangi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurash sohalarida hamkorlik masalalari o’z aksini topdi. Shuningdek, Kontseptsiyada siyosiy aloqalarni chuqurlashtirish, muvofiqlashtirilgan migratsion siyosatni ishlab chiqish, ekologik muammolarni birgalikda hal qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati e’tirof etildi.
Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi bilan Hamdo’stlik bugungi kundagi voqe’likka, integratsion aloqalarning amaliy samaradorligini oshirishga, barcha hamkorlik sohalarini uyg’unlikda rivojlantirishga moslashtirish bo’yicha muhim va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun muhim dasturga ega bo’ldi.
Shu munosabat bilan, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash MDH doirasidagi aloqalar samaradorligining muhim sharti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator muhim vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Jumladan:

  • aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan kooperativ xo’jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • MDHning bir qator mahsulotlarini milliy bozordagi mavqeini saqlash;

  • MDH doirasida xom-ashyo resurlaridan samarali foydalanish;

  • O’zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga xizmat ko’rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va xatarsiz foydalanish.

1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo bo’ldi. Mazkur tashkilot Afg’oniston, Eron, Qozog’iston, Ozarbayjon, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Turkiya, O’zbekiston singari davlatlar o’rtasidagi kelishuv asosida tuzilgan. IHT a’zolari iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan ko’ptomonlama mintaqaviy hamkorlikni o’zida mujassam etgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishadi.
IHT a’zosi hisoblangan mamlakatlar o’rtasidagi savdoni rivojlantirish maqsadida boshqa mintaqalardagi va jahon savdo amaliyotidagi tajribalarga tayangan holda erkin savdo mintaqasini joriy etish sari harakat qilinmoqda. IHT o’ziga a’zo mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim o’rin tutmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.



1 А.Ваҳобов, Н.Жумаев, У.Бурхонов. Халқаро молия муносабатлари. Т.: Шарқ. 2003. Б.70

2 www.worldbankgroup.org

3 www.mfino.ru

4 www.worldbank.org

5 http://www.ifc.org/ifcext/russian.nsf/Content/Member_Countries

6 www.mfino.ru

7 www.abd.org

8Мазкур жадвалда иқтисодий жиҳатдан резидент (юридик жиҳатдан фуқаролиги бўйича эмас), яъни қайси давлат чегарасида яшаётган бўлса, ўз иқтисодий-манфаатли фаолиятини олиб бораётган бўлса, фуқаро ўша давлат резиденти сифатида қаралади.

9 Молиявий фарқ бўйича шартнома (битим) – битимнинг базис активини бозордаги очилиш ва ёпилиш нархи бўйича шаклланган молиявий фарқни айирбошлаш имконини берувчи икки томон ўртасидаги келишувни кўрсатувчи ҳосила молиявий воситадир. Ушбу битим орқали 10000 АҚШ долларилик акцияларни 1000 АҚШ доллари билан сотиб олиш мумкин (яъни мазкур суммани депозитга қўйган ҳолда ). Акциялар баҳосининг ўзгариши натижасида 10%лик фойда, ёки зарар 1000 АҚШ долларини ташкил этади. Мазкур восита орқали амалга оширилган операциялар кредитга маҳсулотларни сотиб олишга ҳам ўхшаб кетади.

10 Бунда 25 фоиз шартли равишда олинди. Битимда одатда, 24 ва ундан юқори фоиз ставкалар қўлланилиши лозим. Чунки фоиз ставкалар орасидаги фарқнинг валютадаги ифодаси ташаббускор инвестордан конрагентга ўтади ва унинг фойдаси ҳисобланади. Шунингдек, барча своп битимларида одатда ташаббускор ўз контрагентини маълум бир ҳақ эвазига битимни тузишга ундайди.

11 Индоссация (немисча “Indossament”, французча “endossement”, лотинча “in” + “dorsum” орқасида, ортида деган маъноларни англатади) – қимматли қоғоз, вексел, чек, коносамент ва бошқаларга бўлган ҳуқуқни бошқа шахсларга ўтганлигини тасдиқловчи ўтказма имзо. Имзо ҳужжат юридик кучга эга бўлиши учун керак. Молиявий ҳужжатнинг орқа томонига ўтказма ёзувини кўйиш.

12 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.

13 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.



14 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.



15 Публикация Международной торговой палаты № 500, редакция 2009 г.

16 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.



17 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.

18 Красавина Л.Н. “Международные валютно-кредитные и финансовые отношения” Москва “ФиС” 2001г.



19 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Т.2. – Т.: “Ўзбекистон”, 1996. Б.11-12.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin