1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-mavzu. O’zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə102/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

18-mavzu. O’zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi


Reja
18.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari.
18.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo’nalishlari.
18.3. O’zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
18.4. O’zbekistonning xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari.
18.5. O’zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoliyati.


Tayanch so’z va iboralar
Investitsiya, eksport va import, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’iga, tovar konsignatsiya shartlari, bank kafolatnomasi, MDH, IHT, ShHT.


18.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat va uning asosiy tamoyillari


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, o’zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan.
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o’sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o’rin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali hamkorlik o’rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatning sub’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasi tasarrufiga:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini belgilash;

  • tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valyuta-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish;

  • tashqi iqtisodiy iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni ijro etish;

  • O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida respublikaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;

  • respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlarni belgilash;

  • O’zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalarda vakillik qilish;

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlar kiradi.

Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan:

  • birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko’zlab o’tkazish, tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar o’z daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni joriy etish;

  • ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita kapital mablag’lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish;

  • uchinchidan, O’zbekistonga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib keladigan, xalq xo’jaligining zamonaviy strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o’tkazish;

  • to’rtinchidan, mablag’larni eng ustuvor sohalarga – respublika mustaqillgini ta’minlaydigan agrar sektorni, yoqilg’i-energetika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirishga sarflash19.

Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari yaratildi. Bular jumlasiga, O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi, “Boj tarifi to’g’risida”gi, “Eksport nazorati to’g’risida”gi qonunlarni hamda “Chet el investitsiyalari bilan loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’zaro manfaatliligi;

  • tomonlarning tengligi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha sheriklarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish printsiplari;

  • hamma tomonidan e’tirof etilgan boshqa xalqaro normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning ob’ektlari bo’lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda ko’rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog’ozlar, fan-texnika mahsulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanish man etiladigan ob’ektlar bundan mustasnodir.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida ro’yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining sub’ektlari bo’lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari:

  • O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi;

  • belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi;

  • xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi;

  • ro’yhati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lishi shart.

Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining turlaridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sub’ektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga ega bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir sub’ekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o’z ishtirokining turlari, shakllari va yo’nalishlarini mustaqil belgilashi, o’z xohishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to’lab yoxud to’lamasdan jalb etishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir sub’ekti O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o’tkazilishi yoxud ularga ishonib topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o’zgaga o’tkaziladigan taqdirda tomonlar o’zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga oladilar.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish;

  • tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jumladan valyuta bo’yicha ham belgilanish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning davlat tizimini yaratish;

  • ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subventsiyalar, byudjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko’rsatish, tavakkalchilikni sug’urta qilish;

  • respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish;

  • O’zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va O’zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa mol-mulklarni hujjatlashtirish;

  • mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash;

  • valyuta va boshqa fondlar mablag’larini vujudga keltirish va ulardan foydalanish.




Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin