1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə98/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Bankning pul o‘tkazmasi. U, pul o‘tkazmasini oluvchi shaxsga ma’lum bir summani to‘lashdan iborat bo‘lgan bir bankning boshqa bir bankga topshirig‘idan iboratdir. Banklar xalqaro xisob-kitoblarning ko‘pgina xolatlarida o‘z mijozlarini topshiriqlari asosida pul o‘tkazmalarini amalga oshiradilar. Ushbu operatsiyalarda quyidagilar ishtirok etadi: pul o‘tkazmasini o‘tkazuvchi qarzdor-shaxs; o‘tkazma to‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilgan o‘tkazuvchi shaxsning banki; o‘tkazma oluvchining xisob raqamiga o‘tkazma summasini oluvchi bank; o‘tkazmani oluvchi shaxs.
Bank o‘tkazmasi shakli asosida inkassoga xaq to‘lash, yakuniy xisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlar xamda bo‘nak to‘lovlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, o‘tkazma vositachiligida qayta xisoblashlar va boshqa operatsiyalar bajariladi.
Bank o‘tkazmasi pochta yoki telegraf orqali, tegishli pochta yoki telegraf to‘lov topshiriqnomalari, zamonaviy sharoitda esa – SVIFT tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bank o‘tkazmalari boshqa to‘lov shakllari bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin (masalan, inkasso xamda kafolatlar bilan). Eksportyor o‘tkazmalarni bank kafolati bilan bir qatorda ishlatishni afzal ko‘radi. Chunki importyor tomonidan tovarlar uchun xaq to‘lanmagan taqdirda mazkur bank o‘zining kafolati evaziga eksportyorga xaq to‘lab beradi. Sotib olingan tovarlarga pul o‘tkazmasini amalga oshirishda importyor ko‘p xolatlarda bank kreditidan foydalanadi. Mazkur kreditning muddati akkreditiv xolatidagi kredit muddatidan qisqaroqdir.
Bank pul o‘tkazmasining iqtisodiy mazmuni tovar yoki xizmatlarga ular yetkazib berilmasdan turib (bo‘nak to‘lovlari) yoki ularni importyor tomonidan olinganidan so‘ng (ochiq xisobvarag shaklidagi xisob-kitoblar) pul to‘lanayotganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘nak shaklidagi xisob-kitoblar. Mazkur xisob-kitoblar eksportyor uchun nixoyatda samaralidir, chunki tovarlar yetkazib berilgunga qadar importyor tomonidan ularga xaq to‘lanadi (ba’zida tovarlar ishlab chiqarilgunga qadar). Agarda importyor tovarlarga bo‘nak shaklida xaq to‘lasa, unda u eksportyorni kreditlagan bo‘ladi. Masalan, shartnoma qiymatining bir qismiga bo‘lgan bo‘nak to‘lovlari, xorijda ob’ektlar qurilishi bilan bog‘liq shartnomalar shartlariga kiritiladi. qiymati yuqori bo‘lgan, xamda aloxida buyurtma asosida ishlab chiqarilgan jixoz, suv kemalari, xavo kemalarining importi sharoitida xam qisman amalga oshiriladigan bo‘nak to‘lovlari qo‘llaniladi. Xalqaro amaliyot talablariga muvofiq bo‘nak shaklidagi to‘lovlar shartnoma summasining 10 foizidan 33 foizigacha qismini tashkil etadi. Shartnoma shartlarining bajarilmasligi va tovarlar yetkazilmasligi xolatida eksportyor banki olingan bo‘nakni eksportyorning topshirig‘iga asosan, bo‘nak to‘lovi summasi xajmida, importyor foydasiga qaytarish to‘g‘risida kafolat beradi. Bundan tashqari, bir qator tovarlarga bo‘nak bilan xaq to‘lash tartibi qabul qilingan. Ushbu tovarlarga, qimmatbaxo metallar, yadro yoqilg‘isi, qurol-aslaxa va boshqa shu kabilar kiradi. Zikr etilgan xisob-kitob shartlariga importyorning roziligi uning mazkur tovarlar yetkazib berilishi yoki manfaatlari kafolatlarda mavjud bo‘lgan ekspotyor tazyiqiga bog‘liqdir.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin