1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa
17.4. Akkreditiv va uning turlari. Akkreditiv hisob-kitob shaklida hujjatlar aylanishi, afzalliklari va kamchiliklari Akkreditiv xisob-kitob shaklining sxemasi asosan quyidagidan iborat: importyor bankka akkreditiv ochilishiga ariza taqdim etadi. Akkreditivni ochgan importyor banki eksportyor mamlakatida joylashgan o‘zining vakil-banklaridan biriga, uni avizo qiluvchi bank sifatida tayinlagan xolda, akkreditiv xatini yo‘llaydi xamda ochilgan akkreditiv xaqidagi ma’lumotni benefitsiarga yetkazish to‘g‘risida ushbu avizo qiluvchi bankka topshiriq beradi. O‘z foydasiga ochilgan akkreditiv xaqidagi ma’lumotni (tovar to‘lovini ta’minoti sifatida) olgandan so‘ng, benefitsiar tovarni jo‘natishga kirishadi xamda jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha xujjatlarni avizo qiluvchi bankka odatda taqdim etadi. O‘z navbatida avizo qiluvchi bank mazkur xujjatlarni to‘lov undirish maqsadida emitent-bankka jo‘natadi. Xujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib bo‘lganidan so‘ng akkreditivni ochgan bank to‘lovni amalga oshiradi. Agarda xujjat akkreditiv shartlariga muvofiq bo‘lsa, emitent-bank pullarni avizo qiluvchi bank ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda o‘tkazadi va tovarlarni qabul qilib olayotgan importyorga xujjatlarni topshiradi. Mazkur tovarlar evaziga kelib tushgan tushum eksportyor xisobvarag‘iga olinadi. Akkreditivning shartlariga muvofiq, xujjatlarga xaq to‘lash vakolatiga ega bo‘lgan bank (ijro etuvchi bank) sifatida avizo qiluvchi bank xam tayinlanishi mumkin. Bunday xolatda avizo qiluvchi bank eksportyor tomonidan unga taqdim etilgan xujjatlarga muvofiq ravishda o‘sha zaxoti xaq to‘laydi, xamda ushbu to‘langan summaning (qoplanmagan akkreditivlar xolatida) emitent-bankdan undirilishini talab etadi. Agarda ijro etuvchi bank va emitent bank orasida vakillik munosabatlari o‘rnatilmagan xamda vakillik xisobvaraqlari ochilmagan bo‘lsa, unda xisob-kitoblarda uchinchi (ramburslovchi) bank ishtirok etadi va ushbu bankda yuqorida zikr etilgan ikkala bankning vakillik xisobvaraqlari ochilgan bo‘ladi. Bunda, akkreditiv ochilayotgan paytda emitent-bank ko‘rsatmalar, ya’ni ijro etuvchi bank talabnomalariga akkreditivning xarakat muddati davri mobaynida va akkreditivda belgilangan summa xajmida xaq to‘lash to‘g‘risida ramburs vakolatini ramburslovchi bankga beradi.
Akkreditivning xilma-xil turlari mavjud va ular quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
1.Emitent-bank tomonidan akkreditiv shartlariga o‘zgartirish kiritilishi yoki uni bekor qilinishining mumkinligi nuqtai nazaridan akkreditivning quyidagi turlari farqlanadi: a)chaqirib olinmaydigan akkreditiv–akkreditivni manfaatdor taraflar roziligisiz o‘zgartirmaslik va bekor qilmaslik to‘g‘risidagi emitent-bankning qat’iy majburiyati; b)chaqirib olinadigan akkreditiv – benefitsiarni oldindan ogoxlantirmasdan, xar qanday paytda o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin bo‘lgan akkreditiv. Agarda akkreditiv xususida maxsus ko‘rsatma bo‘lmasa, ushbu akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv xisoblanadi.
2.Akkreditiv bo‘yicha boshqa bankning qo‘shimcha majburiyatlari nuqtai nazaridan akkreditivlar tasdiqlangan va tasdiqlanmagan akkreditivlarga farqlanadi. Agarda emitent-bank o‘zining chaqirib olinmaydigan akkreditivini tasdiqlash yuzasidan boshqa bankka vakolat bersa, yoki ushbu xaqida unga iltimos qilsa, unda (agar ko‘zda tutilgan barcha xujjatlar taqdim etilgan va akkreditivning barcha shartlari bajarilgan bo‘lsa) bunday tasdiq tasdiqlovchi bankning emitent-bank majburiyatiga qo‘shimcha bo‘lmish to‘lov, aksept yoki tratta negotsiatsiyasi bo‘yicha qat’iy majburiyatini bildiradi.
3.Akkreditivning takrorlanishi mumkinligi nuqtai nazaridan rollover (revolver, qayta tiklanadigan) akkreditivlari qo‘llaniladi. Akkreditivlarning ushbu turi ochilgan akkreditiv summasi to‘liq ishlatib bo‘linganidan so‘ng (xujjatlarning bir qator komplekti uchun) akkreditivning dastlabki summasini tiklanishi sharti bilan shartnoma qiymatining bir qismiga ochiladi. qabul qilingan qoidaga muvofiq akkreditiv matnida uning umumiy summasi ko‘rsatiladi, xamda mazkur akkreditiv bo‘yicha yalpi majburiyatlar ushbu summa xajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Muomala xarajatlarini qisqartirish imkonini beruvchi rollover akkreditivlari uzoq vaqt mobaynida, davriy ravishda yetkazib beriladigan tovarlar bo‘yicha yirik summalarga tuzilgan shartnomalar yuzasidan xisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi.
4.Ikkinchi benifitsiarlar (tovarlarni bevosita yetkazib beruvchilar)ning akkreditivdan foydalanish imkoniyati nuqtai nazaridan o‘tkaziladigan (transferabelli) akkreditivlar farqlanadi. Mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tovarning to‘liq yetkazib berilishida akkreditiv benefitsiar ko‘rsatmasiga binoan ikkinchi benifitsiar tomonidan o‘zinig mamlakatida yoki boshqa mamlakatda to‘la yoki qisman o‘tkazib berilishi mumkin. Transferabelli akkreditiv bir marotaba (undan ko‘p emas) o‘tkaziladi.
5.Valyuta qoplanishining mavjudligi nuqtai nazaridan qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar farqlanadi. qoplanish bilan akkreditiv ochilayotganda emitent-bank akkreditiv summasiga teng bo‘lgan valyutani odatda avizo qiluvchi bankga o‘tkazadi. Akkreditivlarni qoplashning boshqa shakllariga depozit va blok qilingan xisobvaraqlar, sug‘urta depozitlari va boshqa shu kabilar kiradi. Zamonaviy sharoitda qoplanmagan akkreditivlar nisbatan kengroq qo‘llaniladi.
6.Akkreditivning amalga oshirilishi imkoniyatlariga qarab akkreditivlarning quyidagi turlari farqlanadi: xujjatlarga qarshi to‘lov bilan akkreditivlar; akkreditivning barcha shartlari bajarilishi sharoitida emitent-bank tomonidan trattalar akseptini ko‘zda tutgan, akseptli akkreditivlar; to‘lov kechiktirilishi bilan akkreditivlar; xujjatlar negotsiatsiyasi bilan akkreditivlar.
Dokumentar akkreditivdan farqli o‘laroq, pul akkreditivi18 – bu, oluvchiga ma’lum bir muddat mobaynida pul to‘lanishi xaqidagi buyruqqa ega bo‘lgan nomli xujjatdir, albatta ushbu xujjatda mavjud barcha shartlarga rioya etilishi kerak.
Akkreditivning yana bir turi bo‘lib, erkin negotsiatsiyali sirkulyarli akkreditiv xisoblanadi. U, uni bajarishga ixtiyori bo‘lgan xar qanday bankka qaratilishi mumkin. Mazkur turdagi akkreditivlar chaqirib olinmaydigan bo‘lib xisoblanadi, va odatda, ishbilarmon doiralarda taniqli bo‘lgan, yuqori mavqega ega yirik banklar tomonidan chiqariladi.
Zamonaviy sharoitlarda kompensatsion va “bek-tu-bek” akkreditivlari xam qo‘llaniladi. Ushbu akkreditivlarning iqtisodiy mazmuni quyidagilardan iborat. Xorijlik sotib oluvchi topshirig‘iga binoan, foydasiga akkreditiv ochiladigan benefitsiar, tovar ishlab chiqaruvchi emas, balki vositachi bo‘lib xisoblanadi. Shu sababli, so‘nggi sotib oluvchiga tovar yetkazib berilishini ta’minlash uchun u ushbu tovarni sotib olishi lozim. Agarda, maxsulot ishlab chiqaruvchi firma bilan xisob-kitoblar dokumentar akkreditiv shaklida amalga oshiriladigan bo‘lsa, unda vositachi tashkilot mazkur akkreditiv ochilishining kafolati sifatida uning foydasiga importyor banki tomonidan ochilgan dastlabki akkreditivni bankga taklif etishi mumkin. Ayrim mamlakatlar, ayniqsa AqSh kontragentlar tomonidan shartnoma yuzasidan o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarilishing kafolati sifatida xizmat qiluvchi zaxirali kafolatli akkreditiv (“stend-bay”)dan foydalanadilar. Taqdim etilgan xujjatlar bo‘yicha importyor tomonidan xaq to‘lanmasligi sharoitida eksportyor to‘lovni olish uchun importyor bankiga murojaat etishi mumkin. Xususan, “stend-bay” akkreditivi ko‘p sonli sotib oluvchi va banklarning ishtirokidagi neft bilan savdoda qo‘llaniladi. Ushbu savdo jarayonidagi ishtirokchilar sonining ko‘pligi, mazkur savdoning so‘nggi bugini sifatidagi mporterga xujjatlar kechikib kelishiga sabab bo‘lgan.
Xisob-kitoblarning akkreditiv shakli eng murakkab va qimmat xisob-kitob shaklidir. Akkreditiv bo‘yicha operatsiyalar (xujjatlarni avizo qilish, tasdiqlash, tekshirish, to‘lash operatsiyalari)ni bajarganligi uchun banklar xisob-kitoblarning boshqa shakllariga nisbatan (masalan inkasso) kattaroq vositachilik xaqi oladilar. Bundan tashqari, importyor akkreditiv ochish uchun odatda foizini to‘lagan xolda bank kreditidan foydalanadi. Bu esa ushbu xisob-kitob shaklini yanada qimmatlashtiradi. Akkreditiv xisob-kitob shakli importyor kapitalining immobilizatsiyasi va sochilib ketishiga olib keladi. Chunki u tovarlar olingunga va sotilgunga qadar akkreditiv ochishi kerak. Biroq, shu bilan birgalikda, ushbu xisob-kitob shakli unga bank orqali eksportyor tomonidan shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish imkonini beradi. Eksportyor uchun akkreditiv shaklidagi xisob-kitoblar, bo‘nak to‘lovlaridan so‘ng eng qulay xisob-kitob shakli bo‘lib xisoblanadi. Chunki, ushbu xisob-kitob shakli to‘lovni bank tomonidan o‘z zimmasiga olganligi to‘g‘risidagi majburiyatni o‘z ichiga olgan yagona xisob-kitob shaklidir (banklarning kafolat berish operatsiyalaridan tashqari). Shunday qilib, eksportyor uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv inkasso xisob-kitob shakliga qaraganda quyidagi imtiyozlarga ega: xisob-kitoblarning ishonchliligi va tovarlarga to‘lovning o‘z vaqtida amalga oshirilishini kafolatlanganligi, chunki ushbu to‘lovni bank amalga oshiradi; to‘lovni tez olinishi, agarda bank to‘lovni tovarlar jo‘natilganidan so‘ng, ushbu xaqda taqdim etilgan xujjatlar bo‘yicha darxol amalga oshirsa (aksincha bo‘lganda, eksportyor akkreditivdan to‘lov olingunga qadar o‘z bankida milliy valyutada kredit olishi mumkin); akkreditivning xorijiy valyutada ochilishida importyor tomonidan eksportyor mamlakatiga valyutani o‘tkazish to‘g‘risida ruxsatnoma olinishinidan yoki trattani akseptlaganidan so‘ng ushbu xujjatlarning egasiga aylanadi.