1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


O’zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə104/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

18.3. O’zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi

Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo’lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish ular o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vositadir.


Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o’rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida mamlakatimizda eksport qiluvchilar faoliyatini rag’batlantirish uchun qator imtiyozlar yaratib berilgan.Ushbu imtiyozlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • qo’shilgan qiymat solig’iga imtiyozlar;

  • aktsiz solig’iga imtiyozlar;

  • daromad solig’iga imtiyozlar;

  • mulk solig’iga imtiyozlar.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan  tovarlarni chet el valyutasida  eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi, ya’ni bu eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo’shilgan qiymat solig’i summasini to’lashdan ozod etilishini anglatadi.
Quyidagilarga esa, aktsiz solig’i solinmaydi:

  • aktsiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

  • keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga; (O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-modda).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi PF-2613-sonli “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora–tadbirlar to’g’risida” Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo’ljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga shunday imtiyozlarning rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida, eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig’i va mulk solig’ini to’lash tartibi umumiy sotish hajmida o’zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan joydan qat’iy nazar) ulushiga bog’liq holda quyidagicha belgilangan:

  • eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida - belgilangan foyda solig’i va mulk solig’i stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;

  • eksport ulushi 30 va undan ko’proq foiz bo’lganida - belgilangan foyda solig’i va mulk solig’i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valyutaga xom ashyo mahsulotlari – paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaxo, rangli va kora metallar eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.
Mikro firma va kichik korxonalar, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlar eksportidan olingan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod etiladi, tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi korxonalar bundan mustasno.
Ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarini eksport qilish uchun o’z ishlab chiqarish mahsulotlarini reklama qilish va tashqi bozorning marketing tadqiqotlarini olib borish maqsadida xorijda savdo uylari hamda vakolatxonalar ochishga ruhsat beriladi.
Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug’urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:

  • O’z ishlab chiqargan mahsulot ustav jamg’armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda etkazib berilishi mumkin;

  • Bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida eksportchi shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan tovarlar bo’yicha valyuta tushumi tushishini yoxud ushbu tovarlarning O’zbekiston Respublikasi hududiga qaytarishni ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011-2015 yillar davrida O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish mezonlarini va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari Davlat dasturiga muvofiq, horijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, tovarlarni elektron deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan. Mazkur hujjat loyihasi Davlat Bojxona Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, hozirgi vaqtda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi PF-3557-sonli “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasining ustuvor yo’nalishlarini demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmoyishining bajarilishi yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilgan va Oliy Majlisga ko’rib chiqish uchun kiritilgan. Bojxona qonunchiligidan foydalanishni mazkur konun loyihasi bilan bir xillashtirish va soddalashtirish maqsadida, amaldagi Bojxona kodeksi va O’zbekiston Respublikasining “Bojxona tariflari to’g’risidagi” Qonuni birlashtirilgan, hamda xalqaro norma va standartlar bilan muvofiqlashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son “Byurokratik to’siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qaroriga muvofiq, tovarlarni eksport qilishda to’lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlarining amaldagiga qaraganda o’rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari tasdiqlangan.
Mazkur Qarorga muvofiq belgilanganki, 2011 yilning 1 oktyabridan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo’yish tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq xom ashyo tovarlari eksportidan tashqari). Shunday qilib, 2011 yil 1 oktyabrdan boshlab, eksport qiluvchi korxonalar uchun bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatining bir vaqtning o’zida amalga oshirilishini ta’minlaydigan “bir darcha” tamoyili asosida mexanizmi faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, mazkur Qarorga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tovarlarini eksport qilishga ixtisoslashtirilgan “O’ztadbirkoreksport” tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgan va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ularning tovarlarini to’g’ridan-to’g’ri eksport qilish shartnomalari bo’yicha, shuningdek xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda ko’maklashish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilishga doir amaldagi shartnomalar garovi asosidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil etish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari buyurtmalariga ko’ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni etkazib berish;

  • eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga ko’maklashish, reklama tadbirlarini o’tkazish, xalqaro yarmarkalar va ko’rgazmalarni tashkil etish va qatnashish, manfaatdor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini axborot va maslahat xizmatlari bilan ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli “Byurokratik to’siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2000 yil 29 iyundagi 245-sonli Qarori 5-bandiga o’zgartirishlar kiritilgan va bu chet el valyuta tushumi tushishini kechiktirgan eksport qiluvchi tashkilotlarga jarima sanktsiyalarini engillashtirishni nazarda tutadi. Jumladan, chet eldan valyuta tushumi tushishining belgilangan muddatlari o’tgandan keyin 30 bank kunidan ko’proq muddatga kechikishiga yo’l qo’ygan eksportchiga (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun - 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanktsiyalar qo’llaniladi:

  • valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentda;

  • valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda;

  • valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan qo’shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o’zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida” Farmoniga muvofiq tovuq go’shtini eksport qilishni taqiqlash bekor qilingan.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli “Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, mahalliy tovar (ish,xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni etkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;

  • O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan o’zida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni etkazib berishga to’g’ridan-to’g’ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish.

Belgilanadiki, mazkur bandda ko’rsatilgan shartnomalar faqat xizmat ko’rsatayotgan vakolatli bankda hisobga qo’yilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
Bunda, mazkur Qarorga binoan belgilab qo’yilganki, 2012 yil 1 apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari bo’yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to’lovlar bo’yicha yo’naltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom to’lab bo’linadigan muddatga qadar ozod qilinadi.
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o’tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o’tkazish komplekslarini xarid qilishga yo’naltiriladigan mablag’larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to’lovi bo’yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tadbiq etilsin.
Mazkur qarorga binoan tijorat banklariga eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, 2012 yilning 1 avgustidan boshlab, tadbirkorlik faoliyati (shuningdek, eksportchilar) uchun shart- sharoitlarni yanada yaxshilashga yo’naltirilgan aniq me’yor va chora-tadbirlar joriy qilingan. Mazkur Farmonga binoan, qonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha 2013-2014 yillarda joriy etilgan kompleks chora- tadbirlar Dasturi tasdiqlangan.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan tashqi savdo siyosatining oqilona tarzda yuritilayotganligi tashqi iqtisodiy aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanishini ta’minlamoqda. Ushbu barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash mamlakatimizning xalqaro moliya munosabatlari tizimida munosib o’rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin