Rivojlangan xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi boshlangʻich



Yüklə 36,03 Kb.
səhifə1/7
tarix10.09.2023
ölçüsü36,03 Kb.
#142545
  1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZ~1


2-Mavzu. Rivojlangan xorijiy davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi boshlangʻich ta’lim tizimidagi oʻzaro uygʻunlik masalalari
Reja:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim— tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlari.
2. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi boshlangʻich ta’lim tizimidagi oʻzaro uygʻunlik masalalari.
3. Mustaqil Oʻzbekistonda ta’limning uzluksizligi va izchilligi.


Tayanch tushunchalar: Rivojlangan xorijiy mamlakatlar, ilmiy kuzatish, Harakatlar strategiyasi, oʻzaro uygʻunlik.


1. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yoʻlga qoʻyilishi, maktablarda amalga oshirilganini oʻrganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, oʻz dolzarbligini yoʻqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos boʻlish, uni munosib tarzda yangilashda qoʻshimcha boy manbalarga ham ega boʻlamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat koʻrsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda oʻrta ta’limning koʻp variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilgʻor pedagogik vositalarni qoʻllash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yoʻl ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini oʻrganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng koʻlamdagi islohotlarni oʻz boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi boʻyicha koʻpgina maqolalar, broshyuralar, qoʻllanmalar chop etildi, unga bagʻishlab seminarlar, anjumanlar, oʻquvlar, uchrashuvlar oʻtkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda oʻquv tarbiya ishlarining qoʻyilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan oʻsib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika oʻquv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus boʻlimlar faoliyat koʻrsatmoqda, malaka oshirish markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shugʻullanmoqdalar.
Chet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQShning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamgʻarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. Sh.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa koʻplab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar.
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablagʻ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqqiyat va farovonlik timsoli»gina boʻlib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida boʻlgan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R. Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan koʻp sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shugʻullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Koʻpchiligining faoliyati oʻquv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80 - yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQShdagi singari oʻrganilishi majburiy boʻlgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar oʻquv setkasining yadrosini tashkil etadigan boʻldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish oʻquvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik gʻoyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya toʻliqsiz oʻrta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan oʻquv Dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu oʻquv dasturi tobora tuliqsiz oʻrta maktab doirasidan chiqib, oʻrta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmokda.
Fransiya boshlangʻich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat, ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga boʻlinadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta’limi yoʻlidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat oʻquv dasturida bir qator farqlar koʻzga tashlanadi. Yaponiyada oʻquv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi oʻquv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini oʻrganish ham kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya» ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buok Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil oʻqitiladi. Oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo boʻla boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda toʻliqsiz oʻrta maktablar oʻquv dasguridagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar oʻquv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish toʻla amalga oshirishdi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 1 foiz oʻquv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Oʻquvchilarni tabaqalashtirib oʻqitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlangʻich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf oʻquvchilarini uch tabaqaga ajratib oʻqitishni afzal koʻradilar. Bular quyidagilar:
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yoʻnalishda ish olib borsa boʻladigan oʻquvchilar.
2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni oʻzlashtira olishga moyil oʻquvchilar.
3. Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada oʻzlashtiradigan oʻquvchilar va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yoʻnalishi toʻldiruvchi ta’limni rivojlantirish boʻlib qolmoqda.
Toʻldiruvchi maktablar paydo boʻlishining sababi, AQSh va Gʻarbiy Yevropada oʻzlashtirmovchi hamda ulgurmovchi oʻquvchilarning koʻpayib borayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 - yillarda AQSh oʻquvchilarinig 50 - yillarga nisbatan reyting koFrsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri bu salbiy holatni bartaraf etish toʻldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
Toʻldiruvchi maktablar paydo boʻlishining sababi, AQSh va Gʻarbiy Yevropada oʻzlashtirmovchi hamda ulgurmovchi oʻquvchilarning koʻpayib borayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 - yillarda AQSh oʻquvchilarinig 50 - yillarga nisbatan reyting koʻrsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri bu salbiy holatni bartaraf etish toʻldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
Toʻldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSh da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus oʻquv kanali orqali 130 soatlik oʻquv koʻrsatuvlari tashkil etildi.
Oʻquv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish boʻyicha chet mamlakatlarining koʻpchiliida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda oʻz tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar koʻplab topilmokda. Ular oʻquvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini oʻzlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab boʻladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi Gʻarbda 60 - yillardayoq paydo boʻlgan edi. Bunday maktablarning oʻquv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini toʻla roʻyobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bogʻchalari ochilgan boʻlib, ularda 4-5 yoshli oʻquvchilar maktab dasturida oʻqitiladilar. AQShda «Merit» dasturi asosida har yil yuqori sinflar va kolleljlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular oʻrtasida test sinovlari oʻtkazilib eng qobiliyatli 35 ming oʻquvchi tanlab olinadi va oʻqitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega boʻlgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif oʻquvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib chiqish sabablarini oʻrganish, oldini olish boʻyicha koʻpgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini koʻrsatayotir.
70 - yillarda AQSh da kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni oʻqituvchi buyrugʻi bilan ish tutish, koʻproq oʻquvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashgʻulot, oʻqituvchi konsultatsiyasini oʻz ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda oʻquvchilar sonini qisqartirish sari yoʻl tutilgan. Bunday oʻquvchilarni - har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni oʻquvchi mustaqil bajaradi, lozim boʻlganda u oʻqituvchidan konsultatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan koʻzda tutilgan maqsadlari:
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yoʻnalishlarini kuchaytirish.
- oʻquvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yoʻllarini qidirib topish.
- tarbiyaning yangi formalarida - oʻquvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy oʻyinlardan foydalanish.
- Maktab oʻquv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning oʻzaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.
- Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yoʻnaltirish ishlarini qayta tashkil etish.
- Tabaqalashtirib oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, maxsus oʻquv muassasalarini (ham, talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif oʻquvchilar uchun) rivojlantirish.
- Yangi, ya’ni oʻquv texnik vositalarini ta’limdagi salmoqni oshirish, oʻqituvchilar korpusida kompyuter ta’limini yoʻlga qoʻyish.
- Pedagogik gʻoyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment — tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qoʻllash yosh, mustaqil Resublikamizda oʻquv — tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.

Yüklə 36,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin