1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə33/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

8.2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari

Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli shakllardagi integratsion jarayonlarni ko’rishimiz mumkin. Kundan kunga xo’jalik hayotda integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Buni biz integratsion jarayonlarni borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot, tovar ayirboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishida ko’rishimiz mumkin.


Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning bir nechta asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

  • imtiyozli savdo hududi;

  • erkin savdo hududi;

  • yagona bojxona ittifoqi;

  • umumiy bozor;

  • iqtisodiy ittifoqlar;

  • to’liq iqtisodiy integratsiya.

Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o’rtasida tuzilib, hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona to’lovlari qisqartiriladi. Bunda dunyoning qolgan mamlakatlar uchun birlamchi savdo tariflari saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga misol sifatida 1932 yilda tashkil etilgan “Britaniya Hamdo’stligi imtiyozlari tizimi”ni kiritish mumkin.
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o’zaro savdo qilishda bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhidan iborat. Bitimga a’zo bo’lmagan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirishda ESHga kiruvchi har bir davlat o’zining mustaqil savdo siyosatini yuritadi.
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Erkin savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan mamlakatlararo kotibiyat tomonidan tartibga solinib turiladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Evropa iqtisodiy hududi (1994 y)da esa Evropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud.
Boltiq bo’yi erkin savdo hududi(1993 y)ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari kiradi;
Markaziy Evropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga - Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi;
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo’lib Kanada, Meksika, AQSh davlatlari hisoblanadi;
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi;
Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan;
Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat.
Bojxona ittifoqi ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo’yicha o’zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o’zaro kelishuvidir. Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar orasidagi o’zaro savdoda boj to’lovlari va yig’imlari va boshqa cheklovchi tadbirlar olib tashlanadi. Uchinchi (Bojhona ittifoqiga kirmaydigan) davlatlar bilan savdo munosabatlarida bu davlatlar yagona bojxona siyosatini amalga oshiradilar.
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu ko’rinishi bojxona ittifoqi qatnashchilari o’rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarini yaratish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga a’zo-mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy o’zgarishlarda o’z aksini topadi: talab va taklif nisbiy ustunlik tabiatiga mos ravishda o’zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishiga qarab aholining turmush farovonligini oshiradi, biroq, ayni bir paytda ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulotlaridan qimmatroq tovar ishlab chiqarishga moslashishlari natijasida esa, farovonlikni birmuncha pasaytiradi.
Bojxona ittifoqlari dunyoning juda ko’p mamlakatlarida rivojlangan. Ular quyidagilar: Turkiya bilan EI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga EI mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, Iordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961) – Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o’rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsenva Grenadinalar.
Umumiy bozor integratsion birlashmalarning ancha murakkab turi bo’lib, u bojxona ittifoqiga ishchi kuchi va kapital xarakatiga qo’yilgan cheklashlarni bekor qilishni qo’shish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali tashkil etiladi. Umumiy bozorga integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish omillari-davlatlar o’rtasida kapital va ishchi kuchlar borasida ham almashuvlar qilishadi.
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi katta miqdordagi qonuniy me’yorlarni o’zaro uyg’unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog’liqdir. Shu sababli ichki bojxona to’siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi dunyo mamlakatlari bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning natijasida milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining hech qanday to’siqlarsiz o’tishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari umumiy bozorni shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish uchun zamonaviy fondlarni yaratishga zaruriyat tug’iladi.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida EIning ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlarning eng yuqori cho’qqisiga intilishini yaqqol namoyish etmoqda.
Iqtisodiy ittifoq yuqoridagi ko’rib chiqilgan barcha integratsion tadbirlarga qo’shimcha ravishda qatnashuvchi davlatlar tomonidan yagona iqtisodiy siyosat o’tkazilishini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartiblashtirishning davlatlararo tizimini yaratishni taqozo etadi. Unda bojxona tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, byudjet, pul sohalarida qonunchilikning unifikatsiyasi ko’rib chiqiladi.
To’liq iqtisodiy integratsiya – integratsiya doirasida yagona iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqning shakllanishi, xalqaro savdo, tashqi siyosat, va boshqa hamkorlik sohalarida umumiy siyosatning amalga oshirilishi. Mazkur integratsion hudud doirasida huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To’liq iqtisodiy integratsiya barcha a’zo mamlakatlar uchun yagona valyuta siyosatini talab qiladi. Valyuta munosabatlarida yagona valyuta tizimi va valyuta mexanizmi amal qiladi.
Savdo iqtisodiy ittifoqlarning zamonaviy turlariga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin