1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə32/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari


Reja
8.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari.
8.2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari.
8.3. G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari.
8.4. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA).
8.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy integratsiyasining xususiyatlari (MERKOSUR).
8.6. Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)


Tayanch so’z va iboralar
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, imtiyozli savdo hududi, erkin savdo hududi, yagona bojxona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoqlar, to’liq iqtisodiy integratsiya, ASEAN, EAST, MERKOSUR, KOMESA, ASEAN, LAIA, MDH, EES, Maastrix shartnomasi, BENILYuKS, MEESA, NAFTA, APEC, Shanxay hamkorlik tashkiloti


8.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tendentsiya amal qilmoqda. Bir tomondan jahon xo’jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning natijasida mamalakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining tashkil topishi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu jarayon TMKlar faoliyati orqali namoyon bo’lmoqda.
Boshqa tomondan esa, iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashish va mamlakatlarning mintaqaviy darajada o’zaro birgalikda faoliyat ko’rsatishi, shuningdek yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanishi hamda ularni jahon xo’jaligi markazlarida mustaqil faoliyat ko’rsatib rivojlanib borishi sodir bo’lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - milliy xo’jaliklar o’rtasida o’zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tuzilmalarining turli darajada va turli ko’rinishlardagi o’zaro aloqadorligini namoyon qiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ikkita asosiy ko’rinishda, mikro va makro darajalarda namoyon bo’ladi. Mikro darajada bu jarayon qo’shni mamlakatlardagi alohida firmalarning turli shakllardagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek xorijiy mamlakatlarda o’z filiallarini tashkil etish yordamida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalarini tashkil etish va milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, firmalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida aloqalarning tez rivojlanishi, tovar almashuvida xizmat ko’rsatish, kapital va ishchi kuchlarining mamlakatlar o’rtasida erkin harakatini ta’minlashga, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, tashqi iqtisodiy va shuningdek mudofaa siyosatlarini, moliya - valyuta sohasidagi harakatlar yagona siyosatga kelishishga qaratilgan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini taqozo etadi. Buning natijasida, yagona valyuta, infratuzilma, moliyaviy fondlar, umumiy mamlakatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar tashkil topishi yuz beradi.
Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:
1. Bozorlarni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab chiqarish ko’lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirish.
2. Mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish.
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini oshirish.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • mamlakatlar o’rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuv va jamlanish jarayoni yanada tezroq kechadi;

  • mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari yuzaga keladi;

  • bozorlarning hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytira olish imkoniyatlari yuzaga keladi;

  • ijtimoiy masalalarni hamkorlikda hal etish imkoniyati paydo bo’ladi;

  • mamlakatlar o’rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir bo’ladi, bu holat, yanada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi;

  • iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashuviga erishiladi;

  • xalqaro savdo munosabatlarida qulay sharoitlar yaratiladi;

  • yangi texnologiyalarni keng tarqalishiga va joriy etilishiga imkon yaratadi.

Iqtisodiy integratsiyaga ta’sir ko’rsatuvchi omillar jumlasiga, jahon xo’jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalmilallashuv va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortib borishi kabilar kiradi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi bo’lib, istiqbolda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning sub’ektlari jumlasiga xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik hamda ayirboshlashni amalga oshiruvchi mamlakatlar kiradi. Uning ob’ektlariga esa, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predmeti hisoblangan mahsulotlar, xizmatlar, valyuta va ishchi kuchlarini kiritish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida integratsiyada ishtirok etuvchi mamlakatlar ichki bozorining rivojlanish darajasi, mintaqaviy jihatdan yaqinligi, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining umumiyligi kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllanishining asosiy shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi holatining yaqinligi;

  • integratsiyalashayotgan mamlakatlarning mintaqaviy jihatdan o’zaro yaqinligi. Jahondagi integratsion birlashmalarning aksariyati mintaqaviy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bo’lgan bir necha qo’shni mamlakatlar guruhi orqali shakllangan;

  • integratsion hudud doirasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarida mamlakatlardagi mavjud muammolarning umumiyligi.

Jahon iqtisodiyotida shakllangan ko’plab integratsion birlashmalar deyarli bir-biriga o’xshash vazifalarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • keng ko’lamdagi iqtisodiy afzalliklardan foydalanish. Iqtisodiy integratsion hudud doirasida bozorlar hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlar, xom-ashyo resurslarining erkin harakati uchun sharoit yaratish va boshqalar. Bu holat, mamlakatlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etishni yanada rag’batlantiradi.

  • qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko’plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-biri bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

  • savdo munosabatlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish.

  • milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko’maklashish.

Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy integratsiya ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yaxshilanishi, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin