1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə52/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Tashqi iqtisodiy operatsiyalar

Kredit (+)

Debet (-)

Aktiv, mlrd. AQSh dollarida

-

10

Passiv,mlrd AQSh dollarida

10

-

Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarni to’lov balansining debet yoki kredit qismida aks ettirishning umumiy qoidasi quyidagi jadvalda keltirilgan.



Operatsiya

Kredit (+)

Debet (-)

Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar eksporti

Tovarlar va xizmatlar importi

Investitsiyalardan daromadlar va mehnatga haq to’lash (ish haqi)

Norezidentlar8dan tushgan (olingan) tushum

Norezidentlarga to’lovlar

Bir tomonlama o’tkazmalar

Mablag’larni olish

Mablag’larni berish

Moliyaviy aktivlar bilan operatsiyalar

Uzoq va kisqa muddatli kreditlarni olish

Uzoq va kisqa muddatli kreditlarni berish

To’lov balansi ikkita yirik bo’limga bo’linadi, ya’ni joriy operatsiyalar hisobi (current account balance) bo’limi hamda kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi (capital and financial account) bo’limi. XVF mamlakatlar to’lov balansini ikki xil ko’rinishda, ya’ni jamlangan va operatsiyalari batafsil, to’liq ko’rsatilgan holda e’lon qiladi.


To’lov balansi moddalarini XVFning davriy nashrlarida beriladigan to’liq tarkibi tuzilishi:



TO’LOV BALANSI

Summa

Balansning bo’lim va moddalari

DEBET

KREDIT

1

JORIY OPERATsIYaLAR HISOBI







A

Savdo balansi







V

Xizmatlar balansi







S

Joriy o’tkazmalar







1 BO’LIM JAMI







2

KAPITAL VA MOLIYaVIY VOSITALAR BILAN OPERATsIYaLAR HISOBI







A

Kapital bilan operatsiyalar hisobi







V

Moliyaviy hisob










1

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar










2

Portfel investitsiyalar










3

Boshqa investitsiyalar










4

Zaxira aktivlari







2 BO’LIM JAMI







YaKUNIY BALANS (1+2)









Joriy operatsiyalar hisobi. To’lov balansining ushbu bo’limi tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o’tkazmalar bilan bog’liq xalqaro bitimlari natijasida olingan mamlakatning sof daromadlari qiymatini qo’rsatadi va u quyidagicha hisoblanadi:

Joriy operatsiyalar hisobi balansi

=

Eksportdandaromadlar

-

Importgaxarajatlar

-

Chet elga sof o’tkazmalar

Chet elga sof o’tkazmalar firmalar, uy xo’jaliklari va hukumat tomonidan chet elga o’tkazmalardan ushbu mamlakat rezidentlariga xorijdan yuborilgan o’tkazmalarni chegimasiga teng.


To’lov balansining joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig’i va chet el aktivlari o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega:

Joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig’i

=

Chet elda aktivlarning sof ortishi

Chet elda aktivlarning sof ortishi – bu mahalliy rezidentlar egalik qiluvchi xorijdagi aktivlarining ushbu mamlakatda norezidentlar egalik qiluvchi mahalliy aktivlardan ortishi tushiniladi.


Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi chet eldagi aktivlarning sof kamayishini ifodalaydi. Ya’ni:



Joriy operatsiyalar hisobining taqchilligi

=

Chet eldagi aktivlarning sof kamayishi

Bunda mamlakat qarzdor hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston yana chet elga sotish uchun aktivlarga ega. Biroq, biz sekinlik bilan chet eldan jalb etiladigan qarzlarni ko’paytirishimiz, kelajakda ularni asosiy qarz summasi bilan birga foiz to’lovi bilan qaytarishga majbur bo’lamiz. Natijada, har bir mamlakat to’lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi balansi o’zaro tenglashadi.


Joriy operatsiyalar balansidagi defitsit mamlakatning boshqa mamlakat oldidagi qarzdorini ortishini o’zida aks ettiradi. Agar mamlakat joriy operatsiyalar balansida defitsit yuzaga kelsa, u albatta mazkur taqchillikni har qanday yo’l bilan bo’lsa ham (boshqa bir mamlakatdan qarz olish, o’z valyuta zaxirasidan foydalangan holda va h.k.) to’lashi zarur.
To’lov balansida joriy operatsiyalar hisobidagi defitsit (taqchillik) quyidagi yo’llar orqali moliyalashtirilishi mumkin:

  • chet elga ma’lum bir qism milliy aktivlarni sotish, ya’ni xorijiy mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri yoki portfel investitsiya shaklida turli milliy aktivlari yoki mablag’larni qo’yish;

  • chet el banklaridan, hukumatlaridan yoki xalqaro tashkilotlardan tashqi qarz olish yordamida;

  • mamlakat Markaziy bankida saqlanayotgan rasmiy valyuta zaxiralaridan foydalanish orqali, ularni taqchillikni bartaraf etish uchun sarflash hisobiga.

Ba’zan, mamlakatlar joriy operatsiyalar hisobidagi taqchillikni moliyalashtirish imkoni qolmaganda, ya’ni moliyalashtirish uchun tashqi kredit olib bo’lmasa, mamlakat valyuta zaxirasi minimum darajaga etib qolgan bo’lsa, xorijga qilinadigan xarajatlarini qisqartirish yoki chet elga tovarlar va xizmatlarni sotish orqali daromadlarini oshirish yo’li bilan defitsitni bartaraf etadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin