1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə49/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

12-mavzu. Xalqaro moliya munosabatlarida to’lov balansini boshqarish


Reja
12.1. To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari.
12.2. To’lov balansining tarkibi hamda ularga xos xususiyatlar.
12.3. To’lov balansi va unga davlat aralashuvi, xato va o’tkazib yuborishlar.
12.4 To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari.


Tayanch so’z va iboralar
To’lov balansi, aktiv, passiv, ikki yoqlama yozuv, debet, kredit, to’lov balansining neytral va tahliliy shakli, joriy operatsiyalar hisobi, savdo balansi, xizmatlar balansi, joriy o’tkazmalar, bir tomonlama o’tkazmalar, xalqaro kapital harakati, kapital bilan operatsiyalar hisobi, to’lov balansida moliyaviy hisob, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, boshqa investitsiyalar, sof xatolar va o’tkazib yuborishlar davlatning oltin valyuta zaxirasi, yalpi milliy mahsulot, iste’mol xarajatlari, investitsion xarajatlar, davlat (byudjet) xarajatlari, sof eksport shaxsiy jamg’arma, davlat jamg’armasi, yalpi milliy jamg’arish, xalqaro raqobat, iqtisodiyotdagi tsiklik tebranish, davlatning chet eldagi xarajatlari, kapital eksporti va importi, savdo cheklovlari, inflyatsiya, deflyatsion siyosat, devalvatsiya, valyuta cheklovlari, moliya va pul-kredit siyosati.
12.1. To’lov balansining iqtisodiy mohiyati va taqdim etish shakllari


To’lov balansi – bir mamlakatning boshqa malakatlarga mamluv bir davr moboynida haqiqatda o’tkazgan valyutaviy to’lovlari va tushumlari o’rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o’zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to’lov balansida valyutaviy tushumlar to’lovlardan ortib ketsa, to’lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
Joriy operatsiyalar balansi (xususan, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi nisbatni o’zida aks ettiruvchi savdo balansi, xizmatlarning sof eksportini, investitsiyalardan olingan daromadlarni va bir tomonlama pul o’tkazmalarini o’zida aks ettiruvchi “qo’rinmas” joriy operatsiyalar balansi) va kapital harakati balansi (mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi va unga xorijiy kapitalni kirib kelishini o’zida aks ettiradi) to’lov balansining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
To’lov balansi mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalar kirishish, xalqaro to’lovga qobillik, jahon savdosiga qatnashish darajasini o’zida namoyon etuvchi muhim ko’rsatkich va vosita hisoblanadi. To’lov balansi tushunchasini dastlab Djeyms Denem-Styuart o’zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari to’g’risida tadqiqot (Inquiry into the Principles of Political Economy)” (1767 yil) asarida foydalangan. Styuart to’lov balansini mustaqil tushuncha sifatida chet elda fuqorolarning xarajatlari, xorijga foiz to’lovlari, qarzning asosiy summasi va qarz bo’yicha to’lovlar, valyuta ko’rinishidagi qarzlarni boshqa mamlakatlarga taqdim etishdan tashkil topadi deb ko’rsatgan. Shunday qilib, dastlabki to’lov balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan xalqaro valyutaviy to’lovlarni o’zida aks ettirgan, biroq barcha intellektual, moliyaviy va moddiy aktivlar bilan bog’liq tashqi iqtisodiy operatsiyalar (rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi operatsiyalar)ni to’liq namoyon etmagan. Biroq hozirgi kundagi to’lov balansini tuzish tartibi, mantiqiy va kontseptual asoslariga avvalgi to’lov balansi tayanch, negiz sifatida olingan.
Iqtisodiy bilimlar tarixida merkantilistlar davridan boshlab tashqi iqtisodiy operatsiyalar takomillashib bordi. Mamlakatga olin va xorijiy valyutalarning kirib kelishi aktiv kredit operatsiyalari deb qaralgan. Shuning uchun, to’lov balansining kredit qismida mamlakatning iqtisodiy boyligi (aktivlari), qimmatliklarning chiqib ketishi, uning o’rnini to’ldiruvchi valyutalarning mamlakatga kirib kelishi bilan bog’liq operatsiyalar “+” ishorasi bilan yozilgan. Debet qismida esa mamlakatning xorijiy aktivlarni sotib olishi o’rniga valyutalarni xarajati yozilgan bo’lib, unga “-” ishorasi qo’yilgan.
To’lov balansini tuzishda buxgaltegiyada qo’llaniladigan ikki yoqlama yozuv tamoyilidan foydalaniladi. Har bir xalqaro operatsiya debet va kredit ko’rinishida to’lov balansida aks etadi. Bunda, debetning jami qiymati balansning kredit qismini jami qiymatiga teng bo’lishi lozim. Tovarlar va xizmatlar eksporti, xorijdan kapitalni kirib kelishi xorijiy valyutani mamlakatga kirishini bildirgan holda, to’lov balansida “+” (plyus) ishorasi bilan ko’rsatiladi va balansining kredit summasi shakllantiriladi. Balansning debet qismi tovarlar va xizmatlar importi, xorijiy valyutada kapitalning chetga chiqib ketishi natijasida yuzaga keladi va u “-” (minus) ishorasi bilan ko’rsatiladi. To’lov balansida iqtisoditsy operatsiyalar bozor narxida ko’rsatiladi, ya’ni iqtisodiy boyliklar o’zaro almashtirilishidagi haqiqatdagi bahosi bo’yicha aks ettiriladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin