1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-jadval Erkin iqtisodiy hududlarning ko‘rinishlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə47/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

3-jadval
Erkin iqtisodiy hududlarning ko‘rinishlari

I. Savdo




II.Sanoat-ishlab chiqarish




III. Texnika kiritish




IV.Xizmat

1. Erkin bojxona
2.Band hududlar omborlari
3. Erkin savdo portlar
4. Erkin savdo hududlar




1.Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar.
2. Eksportga ishlab chiqaruvchi mahsulotlar. 3.Sanoat bog‘lari
4. Ilmiy-sanoat bog‘lari. 5.Makladoras (Meksika)




1.Texnopolis. 2.Texnobog‘.
3.YAngi va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish hududlari.




1.Offshor zonalar. 2.Moliyaviy markazlar. 3.Bank xizmatlari hududi. 4.Turizm xizmatlari hududi. 5.Ekobog‘lar







V. Majmuaviy




VI. Xalqaro






EIHlarni tashkil topishida ikkita konseptual (hududiy va funksional) yondashuv qo‘llaniladi. Birinchi yondashuvda barcha rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatining imtiyozlaridan keng foydalansalar, ikkinchi yondashuvda esa rezident korxonalar mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatining ma’lum ko‘rinishlari bo‘yicha imtiyozli rejimlardan foydalanishi mumkin xolos. Birinchi yondashuvga misol qilib Xitoydagi erkin iqtisodiy hududlarni, Braziliyadagi “Manaus” hududini, rivojlanayotgan davlatlardagi eksport-ishlab chiqarish hududlarini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi yondashuvga misol qilib, offshor firmalarni, “dyuti fri” magazinlarini ko‘rsatish mumkin.


EIHlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) hududlari (EBH) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bu hududlarga tranzit yoki kassignatsion omborlar, eksportga mo‘ljallangan tovarlarni qadoqlash va kam miqdorda qayta ishlash sohalari kiradi. Bunday hududlar ko‘pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb ham ataladi. EBH lari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, 1934 yilda chiqarilgan maxsus qonun-qoidalar asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. ESHlar AQSHda ko‘proq rivoj topgan. ESHlarning maqsadi xalqaro savdoni rag‘batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iboratdir. AQSH qonunchiligining tashqi iqtisodiy faoliyatida ESHlarga nisbatan imtiyozlar belgilangan. Qonunda har bir rasmiy portda kamida bitta erkin tashqi savdo hududi tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan. AQSH qonunchiligiga muvofiq mamlakat hududidagi erkin savdo hududlari umumiy va maxsus (subhudud) hududlarga bo‘linadi. Umumiy hududlar kichik hududda (bir necha kv. km. masofada) joylashib va milliy boj hududidan tashqarida bo‘ladi. Ularda kiritilgan tovarlarni omborlarga joylashtirish va qayta ishlash ishlari amalga oshiriladi (qadoqlash, sortlarga ajratish va h.k.).
Maxsus hududlar (subhududlar) umumiy hududdan tashqariga chiquvchi alohida yirik kompaniyalar uchun tashkil qilinadi. Subhududlarda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqariladi. 90-yillarning o‘rtalariga kelib AQSHda 500 dan ortiq erkin savdo hududlari faoliyat ko‘rsatgan.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus “dyuti fri” magazinlarini kiritish mumkin. Siyosiy rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo‘lgan an’anaviy erkin portlarni ham kiritish mumkin.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xududlari ikkinchi avlod hududlari bo‘lib hisoblanadi. Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kirilishi, shuningdek ularda faqat savdo bilan emas balkim ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‘lgan hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqariladi. Bunday hududlar soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Eksport ishlab chiqarish hududlari (EICHH) ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda keng tarqalgan. Bunday xududlarning zamonaviy modeli 1959 yilda Irlandiyaning SHennon aeroportida tashkil qilingan hududiy tizimiga asoslanadi. Bunday hududlardan hozirgi kunda “yangi industrial davlatlar” katta samara ko‘rmoqda. Eksport ishlab chiqarish hududlarining tashkil topishi mantiqan olganda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq. 50-60-yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida bandlik darajasini oshirish zarurati tug‘ilgan edi.
Jahon iqtisodiyotida texnika kiritish hududlari uchinchi avlod xududlari hisoblanadi (70-80-yillar). Ular stixiyali tarzda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil topishi mumkin. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilar, loyixachilar, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda texnika kiritish hududlari asosan, AQSH, YAponiya, Xitoyda faoliyat ko‘rsatmoqda. AQSHda ularni texnoparklar, YAponiyada-texnopolislar, Xitoyda-yangi va ilg‘or texnologiyalar hududlari deb ham yuritiladi.
AQSHning eng yirik “Silikon Velli” nomli texnoparki jahonda ishlab chiqarilayotgan hisoblash texnikasi vositalari va kompyuterlarining 20 %ini bermoqda. Hozirgi kunda AQSHda bunday hududlarning 80 dan ortig‘i mavjud. YAponiyada maxsus hukumat dasturlari doirasida ilg‘or ilmiy tashkilotlar yigirmaga yaqin texnopolislar tashkil qilingan. XXRda ham bunday hududlar davlatning ilmiy – texnikani rivojlantirish rejalarini amalga oshirish paytida tashkil topdi. Xullas, 90-yillarning o‘rtalarida Xitoyda 50dan ortiq yangi va ilg‘or texnologiyalar hududi faoliyat ko‘rsata boshlagan edi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin