15.1-rasm. Xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish mexanizmi.
Ikkinchidan, cliet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mamlakatda ro‘yxatga olinadi, uning nominal qiymatijoylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valutada bo‘ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo‘ladi. Yevroobligatsiyalar esa, ma'lum bir mamlakatga ro‘yxatga olinmasdan joylashtiriladi, bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo‘lishi mumkin, shuningdek, obligatsiya nominali ko'rsatilgan milliy yoki xalqaro valutaning xususiyati emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Yevroobligatsiyalarni dastlabki joylashtirish to‘g‘ridan to‘g‘ri emitent joylashgan mamlakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlarida amalga oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin.
Milliy fond bozori vositasi boMgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond bozorining maxsus vositasi bo‘lgan yevroobligatsiyalar o'rtasidagi asosiy farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— xalqaro anderrayter konsorsiumlari yoki investitsion banklarni o‘z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlarda yevroobligatsiyalar emissiyasi amalga oshiriladi;
— sindikat tomonidan ko‘rsatilgan hududlarda joylashtirilgan yevroobligatsiyalar emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro‘yxatdan o‘tmaydi. Yevroobligatsiyalar muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning iqtisodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki yevroobligatsiyalar asosan xalqaro huquqiy me’yorlar bo'yicha tartibga solinadi;
— yevroobligatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlarga yoki turli mamlakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. Xorijiy investorlar o‘zlarining mahalliy birjalaridan yevroobligatsiyalarni sotib olishlari mumkin. Shuningdek, emitent mamlakat investorlari boshqa mamlakatlar orqali o‘z fond bozorlariga yetib kelgan yevroobligatsiyalarga egalik qilishadi;
— oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda yevroobligatsiya nominali bo'yicha to‘lanadigan foizdan «daromad manbai sifatida» soliq undirilmaydi. O’zining yuqori daromadini soliqqa tortilishidan olib qochib, uni sir saqlaydigan omonatchini Fransiyada «belgiyalik dantist» deb ham atashadi.
Yevroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o‘rta va uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirishning muhim manbalardan hisoblanadi. Davlatlar odatda budjet daromadlarini ko‘paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun yevroobligatsiyalardan foydalanishadi.
Yevroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham mavjud bo‘lib, ma'lum bir belgilangan muddatdan keyin, emitent kompaniya aksiyalariga ularni almashtirish sharti bilan chiqariladi. Bunday yevroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya faoliyatining foydalilik darajasi ortadi, degan taxmin bilan ularni sotib oladi. Chunki odatda, konvertatsiya davrigacha yevroobligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Jahon yevroaksiyalar bozori 1983-yildan sinditsiyalashgan kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi, biroq ularning emissiyasi yevroobligatsiyalarga nisbatan juda kam. Yevroaksiyalarga konvertirlanadigan yevroobligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida mazkur turdagi segmentlarning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirdi.
Yevrotijorat veksellari — foiz stavkasi yevrodollar depozit sertifikatlari bo‘yicha olingan (odatda o‘rtacha 0,25%), 3—6 oylik muddatga yevrovalutada rasmiylashtirilgan hujjatli veksellardir. Yevroveksellar o‘rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Umuman olganda, yevroveksellar bozori hajm jihatdan juda kichik, 1981-yildan boshlab rivojlangan. Yevroveksellar 1984-yildan emissiya qilib kelinmoqda.
Yevrovaluta depozit sertifikatlari — omonatchining depozitini va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, yevrovalutada qo‘yilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida banklarning yozma guvohnomalari. Yevrobozorda bu kabi sertifikatlar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Bu kabi depozit sertifikatlarining muddati 30 kundan 3—5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Yevrobanklar nominali 25 ming AQSH dollari va undan yuqori boigan depozit sertifikatlarini qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorida sotish imkoniyatini taqdim etgan holda turli banklar va xususiy korxona yoki tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradilar. Muomaladagi muddatli depozit sertifikatlari, odatda brokerlarga sotiladi yoki innossament bo‘yicha boshqa shaxsga o'tkaziladi. Depozit sertifikatlari yevrobanklarda omonatlarni ko‘paytirgan holda, ularning kreditlash imkoniyati oshiradi va yevrobozorning kengayishini rag‘batlantiradi. Yevrovalutadagi depozit sertifikatlari bo'yicha foiz stavkasi yevrodollar depozitlariga nisbatan past bo‘lsada, ularni ikkilamchi bozorda oson sotish mumkin.
Yevronotalar — suzuvchi foiz stavkadagi qisqa muddatli majburiyatlar hisoblanadi. 1980-yildan yevronotalar bilan operatsiyalar amalga oshirib kelinmoqda. Ular ba’zan yevrobank kafolati bilan turli kreditlash vositalariga ham almashtirilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar va yevronotalar o‘zaro bir-biridan farq qiladi. Yevroobligatsiyalar taqdim etuvchiga ko‘rinishida, ya’ni nomi yozilmasdan chiqariladigan qimmatli qog‘oz hisoblanadi va savdo tizimlarining depozitariylarida saqlanadi. Bunday nomi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar odatda rivojlanayotgan mamlakatlarga joylashtiriladi. Yevroobligatsiyalarni chiqaradigan emitentlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning ta’minoti uchun zaxira shakllantirilmaydi.
Yevronotalar nomi yozilgan qimmatli qog'ozlar hisoblanadi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda emissiya qilinadi. Yevroobligatsiyalardan farqli ravishda yevronotalar ta'minoti uchun zaxira shakllantiriladi.
Yevropa ittifoqida bosqichma-bosqich yagona yevropa fond bozori shakllangan bo‘lib, bunda Yevropa ittifoqida joriy etilgan quyidagi tamoyillar asosiy rol o‘ynagan:
— bank faoliyatini unifikatsiyalashga ruxsat berish;
— o‘zaro axborot almashinishini va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish;
— bozor ishtirokchilarini mamlakatlarga qarashliligi bo‘yicha nazorat qilish;
— birjalararo axborot almashishning yagona tizimi yaratilishi.
Yevropa ittifoqida yagona moliyaviy muhitni shakllantirish uchun mamlakatlar moliya bozorlaridagi xususan, milliy fond bozorlariga xos bo'lgan quyidagi asosiy farqlar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi:
— birja operatsiyalarini milliy doirada tartibga solish (qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berish, axborotlar oshkor etishga bo‘lgan talablar va h.k.);
— birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqtisodiyotdagi roli;
— qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi institutsional investorlar, ya’ni sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, investitsiya fondlari, banklarning fond bozoridagi roli va o‘rni bilan bog‘liq farqlar.
Yevropa ittifoqida yagona fond bozori tarkibi shakllantirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlari va hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarga ixtisoslashgan, hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo‘shma birjalar (Yevropa birjasi, Xalqaro birja, LIFFl va boshq.) va qator segmentlarni oladi.
Yevropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorlari yevropa iqtisodiy integratsiyasini tashkil etishda asosiy rol o‘ynagan.
Hozirda jahon fond bozorlari infratuzilmasida quyidagi asosiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:
Birinchidan, savdolarga xorijliklar ishtirok etishi uchun ularga alohida savdo maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, London fond birjasida yuzlab xalqaro investitsiya institutlari, 500 dan ortiq xorijiy bankiar savdo qilishmoqda, 60 dan ortiq mamlakat xalqaro kompaniyalarining aksiyalari birja listingi ro‘yxatida turib sotilmoqda.
Ikkinchidan, jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning roli boshqa moliyaviy vositachilar hisobiga qisqarayotgan bo‘lsada, ular birjalarning ish vaqtlari tugab, yopilganda savdolar uzluksizligini ta'minlovchi va anonim ravishda qimmatli qog‘ozlar kotirovkasini amalga oshiruvchi xususiy elektron brokerlik tizimlarini hamda moliyaviy vositalarning yangi turlarini yaratishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |