1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə87/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
маъруза матни ХММ

Xalqaro sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlari - turli mamlakatlar banklari tomonidan yirik loyihani amalga oshirish uchun bir tashkilotga ajratigan qarz mablag’lari hisoblanadi. Xalqaro kreditning bu shakli bir qator o’ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi:

  • bunday kreditni taqdim etish uchun banklarni birlashuvi ma’lum bir muddatga konsortsium yoki sindikatni tuzish to’g’risidagi shartnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi;

  • maqsad yirik kreditni taqdim etish uchun xalqaro resurslarni jalb etish va bir qator bank-kreditorlar orasida bank risklarini taqsimlash hisoblanadi;

  • sindikat yoki konsortsium a’zosi bo’lgan yirik banklardan biri menejer funktsiyasini bajaradi, ya’ni qarzdor va bank-kreditorlar bilan o’zaro muzokara olib boradi, kreditning moliyaviy-valyutaviy shartlarini aniqlaydi, risklarni va ularni kamaytirish imkoniyatlarini baholaydi. Bunday kreditni tashkillashtirgani uchun bank-menejer foiz va komission daromadlardan tashqari qo’shimcha mukofotga ham ega bo’ladi;

  • qimmatli qog’ozlarni chiqarish orqali xalqaro qarzlarni taqdim etishda oddiy sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlar anderrayting bilan birga amalga oshiriladi, ya’ni belgilangan narx bo’yicha banklar (ma’lum bir ulush bo’yicha majburiyatlar oluvchi sindikat yoki konsortsiumning a’zolari) orasida ularni joylashtirishni kafolatlaydi;

  • sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari amal qiladi. Jahon amaliyotida ushbu turdagi kreditlarni sug’urtalashda ikkilaamchi bozorda sotish imkoniyati bo’lgan likvidli aktivlardan (tratta, qimmatli qog’ozlar) foydalaniladi.

Bunday kreditning turlaridan biri ulushli kredit hisoblanadi, ya’ni bank-kreditorlar bank konsortsiumi yoki sindikatini tuzmasdan o’z ulushlarini boshqa banklarga sotishlari mumkin. Ba’zan xususiy banklar sindikati Xalqaro valyuta fondi (XVF) yoki Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) kreditlarini olgan qarzdor mamlakatlarga o’zlarining xalqaro kreditlarini taqdim etishadi. Davlatlararo va xususiy banklar orasida bunday taqsimotdan asosiy maqsad – o’z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda jahon ssuda kapitallar bozorida qarzdorlarni tartibga solish hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mamlakatlarga ajratgan kreditlari nafaqat miqdor jihatdan, balki strategik rivojlanish xususiyatlari bilan ham muhim rol o’ynaydi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin