1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə22/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
маъруза матни ХММ

4.3. Evropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari


Evropa valyuta tizimi – bu mintaqaviy valyuta tizimi bo’lib, Evropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valyutalar harakati bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o’zida ifodalaydi. Evropa valyuta tizimi zamonaviy jahon valyuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o’z ichiga oladi:

  • EKYu (European currency unit) standarti. EKYu – shartli jamoaviy valyuta bo’lib, Evropa ittifoqiga kiruvchi, Evropaning etakchi mamlakatlarining 12 ta valyutasiga asoslanadi. Har bir valyutaning savatdagi og’irligi a’zo davlatning Evropa ittifoqi YaMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog’liq holda aniqlanadi.

  • Birgalikda suzuvchi valyuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993 yilda valyuta muammolarining kuchayishi bilan bog’liq holda tebranish doirasi ±15%gacha kengaytirildi (“evropa valyuta iloni”).

1989 yilda J.Delor (Evropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturi G’arbiy Evropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi bo’ldi.
“Delor rejasi” doirasida quyidagi maqsadlar ko’zda tutilgan edi:

  • umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag’batlantirish;

  • qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;

  • inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o’sishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsadida byudjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;

  • pul-kredit va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;

  • yagona valyuta siyosati, qat’iy belgilangan valyuta kurslari va jamoaviy valyuta - EKYuni joriy etish.

1991 yildan Evropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona evropa valyutasini joriy etishga mo’ljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Evropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va Belgiya tayyor bo’lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o’rin egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo’shilishi dolzarb masala bo’ldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish bo’yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Evropa Markaziy bankiga quyidagi funktsiyalar biriktirildi:

  • valyuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;

  • evrohududga a’zo bo’lgan davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash;

  • to’lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;

  • evrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.

Evrokengash “evro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o’rnatildi:

  • Inflyatsiya sur’ati Evropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror mamlakatlarning o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak.

  • Davlat byudjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak.

  • Davlat qarzi YaIMning 60%dan oshmasligi lozim;

  • Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Evropa valyuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo’lishi lozim.

Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Evro hudud”ga kirgan mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari evroga nisbatan qa’tiy belgilandi, evro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda evro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada bo’ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo’ldi.
To’rtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari butunlay o’zlarining pul funktsiyasini yo’qotdi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan evrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Evropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi engillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirdi.
5-mavzu. Хаlqaro moliya munosabatlarida valyuta risklarini boshqarish

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin