1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə45/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
маъруза матни ХММ

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shug’ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o’zining o’z kredit faoliyatini 1966 yil 19 dekabrda boshladi.
Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat.
Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Evropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o’tkazadi.
OTB shtab - kvartirasi Manila shahrida (Filippin) joylashgan bo’lib, OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.
OTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan 40 yilgacha bo’lgan kreditlarni yiliga 1 % dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish7;

  • rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;

  • xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik qilish;

  • mintaqada iqtisodiy o’sish va hamkorlikni rag’batlantirish uchun zarur ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish.

OTB quyidagi sohalarni o’z ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi:

  • qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash;

  • avtomobil va temir yo’llarni ta’mirlash va qayta qurish;

  • energetika;

  • ta’lim;

  • transport va aloqa tizimi;

  • tog’-kon sanoati;

  • sog’liqni saqlash va ekologiya;

  • turizm infratuzilmasini rivojlantirish;

  • bank tizimini rivojlantirish.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin